Ümmügülsüm
Ümmügulsüm (1899-yil, Novxanı, Boku tumani — 1944-yil, Shamaxi) — ozarbayjonlik shoira.
Ümmügülsüm | |
---|---|
Tavalludi | 1899 |
Vafoti | 1944 |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi va SSSR |
Ümmügulsüm Musavat partiyasi asoschilaridan biri boʻlgan Muhammadali Rasulzodaning singlisi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Milliy kengashi rahbari lavozimlarida ishlagan Muhammad Amin Rasulzodaning jiyani va qayni singisi boʻlgan.
Hayoti
tahrirUmmügulsüm bintu Abdulaziz 1899-yilda Novxanı qishlogʻida dindor oilada tavallud topgan, Ummügulsüm arab va fors tillarini otasidan oʻrgangan[1].
Oʻzining ilk sheʼrlarini 1908-yilda yozishni boshlagan. Sheʼr va hikoyalari „Iqbal“, „Yeni Iqbal“, „Açıq söz“, „Qurtuluş“, „Dirilik“, „Məktəb“, „Qardaş köməyi“, „Azərbaycan[2]“ va boshqalar shu kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan[3]. 1914-yilda uning hikoyalari matbuotda eʼlon qilina boshlagan, 1915-yilda esa „Solğun çiçək“ hikoyasi „Qurtuluş“ jurnalida eʼlon qilingan tanlovda mukofotga sazovor boʻlgan[3].
1918 — 1920-yillarda Ozarbayjon Demokratik Respublikasining tashkil topishi munosabati bilan „Türk ordusuna“, „Ey türk oğlu!“, „Çəkil, dəf ol!“, „Əsgər anasına“, „Dərdli nəğmə“, „Yurdumuzun qəhrəmanlığına“ va „Yollarını bəklədim“ kabi sheʼrlar yozgan. Qizil Armiya askarlarining Ozarbayjonga bostirib kirganlaridan keyin „Hicran“ va „Bayrağım enərkən“ sheʼrlarini yozgan. Uning „Bayrağım enərkən“ sheʼri esa 1920-yil 3-may sanasida parlament binosidan Ozarbayjon bayrogʻining olib tashlanishiga qarata yozilgan[4][5]. Ushbu sheʼrlar 1920 — 1930-yillarda Turkiyadagi ozarbayjonlik siyosiy muhojirlar orasida mashhur boʻlgan. Bosqindan keyin oilasi bilan Xızıga koʻchib oʻtadi.
1937-yilda uning eri Seyid Husayn hibsga olinganida, Ümmügulsüm ham „xalq dushmani“ning xotini ayblovi bilan qamoqqa olingan[6]. Uning yashash joyi tintuv qilinib, barcha mol-mulki musodara qilingan. Qamoqda boʻlganida uning sheʼr yozishiga taqiq qoʻyilgan. Bayil qamoqxonasiga oʻtkazilganidan soʻng, „Qala xatirələrim“ nomli xotira kitobini yozgan. Bir necha oy Bayil qamoqxonasida saqlangach, 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va Mordoviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasidagi Temlag mehnat lageriga yuborilgani[7].
1943-yilda Ümmügulsüm SSSR Ichki Ishlar Xalq Komissarligiga uning ozod etilishini soʻrab murojaat qilgan. 1944-yil aprel oyida esa qamoqdan ozod qilingan. Bokuda bir necha kun yashagach, unga shaharda qolishga ruxsat berilmagan, shundan soʻng Shamaxiga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan[8]. Shamaxida bir necha oy yashab, 1944-yil sentyabr oyida, 45 yoshida olamdan oʻtgan. Vafotidan soʻng uni Şaxəndan qabristoniga dafn qilingan.
Oilasi
tahrirÜmmügulsüm Musavat partiyasi asoschilaridan biri Muhammadali Rasulzodaning singlisi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Milliy kengashi rahbari lavozimlarida ishlagan Muhammad Amin Rasulzodaning jiyani va qayni singlisi boʻlgan[9].
1916-yilda Tagʻiyev teatrida Jalil Mammadqulizodaning „Oʻlülər“ spektaklining 1-chiqishida yozuvchi Seyid Hüseyin bilan tanishib qolgan. Keyinchalik ular 1920-yilda turmush qurishgan[10].
Nikohdan soʻng uning Gumral Sodigʻzoda ismli bir qizi, Oʻgʻtay va Toʻgʻrul va kenja oʻgʻli Chigʻatoy dunyoga kelgan. Ammo, Chigʻatoy 24 yoshida ogʻir sharoitlarda ishlashi sil kasalligiga chalingan va fojiali tarzda vafot etgan. Oʻgʻtay Sodiqzoda Ozarbayjon Respublikasi xalq rassomi sifatida tan olingan. Qizi Gumral Sodigʻzoda ham yozuvchi boʻladi[11].
Hotirlash
tahrirUning qizi Gumral Sodigʻzoda oʻzi yozgan kitobning ikkinchi qismida „Son mənzili Xəzər oldu“ romanining muhim qismini Ümmügulsümga yaʼni onasiga bagʻishlagan[12].
2022-yil 18-dekabr kuni „Boku“ sanʼat galereyasida Ümmügulsüm Sadigzoda xotirasiga bagʻishlangan „Chəmən ayrısi“ nomli koʻrgazma ochilgan[13].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Morkoç, Ayvaz (2021-08-31), „Azerbaycan'ın istiklal şairesi Ümmügülsüm Sadıqzade“, Journal of Social and Humanities Sciences Research, 2238-bet
- ↑ „101 yaşlı "Azərbaycan"“ (az). worldinfo.az (1970-yil 1-yanvar). 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 tərtib edən Aydın Hüseynzadə. Gözümüz yaşlıdır, sinəmiz dağlı. Bakı: Nicat nəşriyyatı, 1992 — 4-bet.
- ↑ Nasiman Yagublu. Azərbaycan Milli Azadlıq Hərəkatı Ensiklopediyası. Baku: Qanun Nəşriyyatı, 2018 — 110-bet. ISBN 978-9952-36-521-4.
- ↑ „Ümmügülsüm xanımdan yeni soraq – Vəfatından bir il sonra yazılan məqalə“ (az). Teleqraf.com (2023-yil 24-aprel). 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „Садыгзаде Сеид Гусейн Мир Казым оглы (1887)“ (az). ru.openlist.wiki. 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
- ↑ Nazim İbrahimov. Min beş yüz ilin oğuz şeri. Antologiya. Baku: Azernashr, 1999 — 711-bet. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „Gecikmiş etiraf...“ (2017-yil 31-yanvar). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ Bağırzadə, Nəcibə. Vətən ayrısı Rəsulzadələr. Baku: Ecoprint, 2018 — 176-bet.
- ↑ tərtib edən Aydın Hüseynzadə. Gözümüz yaşlıdır, sinəmiz dağlı. Baku: Nicat nəşriyyatı, 1992 — 1-bet.
- ↑ Gumral Sadigzade. Mənim nakam qardaşım. Baku: Chashıoghlu, 2002 — 5-bet.
- ↑ Niyarlı, Mənzər „Seyid Hüseyn yadigarı – Qumral Sadıqzadə“. Ədəbiyyat qəzeti (2019-yil 16-fevral). 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „"Çəmən ayrısı" – Ümgülsüm Sadıqzadə yad olunub“. medeniyyet.az (2022-yil 18-dekabr). 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.