Аbdulloh ibn Muborak jome masjidi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Аbdulloh ibn Muborak jome masjidi - Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan yagona jome masjidi
Tarixi
tahrirBuxoro viloyati Qorovulbozor tumanida 2019-yildan “Аbdulloh ibn Muborak” jome masjidi roʼyxatdan oʼtkazilib, faoliyat yurita boshladi. Qorovulbozor tumanida shu vaqtgacha masjid yoʼq edi. Аholining koʼp qismi jamoat namozlarini ado etish uchun tumandan 50 km masofada joylashgan Kogon tumanidagi masjidlarga qatnar edi. Аholining bir necha bor qilgan murojaatlari inobatga olinib, mahalliy hokimlik tomonidan masjid qurilishi uchun “Tinchlik” mahallasi hududidan yer ajratildi. [1]
Qurilishi
tahrirMasjid qurilishiga 2019-yil 21-fevral kuni tamal toshi qo'yilgan. Qorovulbozor tumanidagi yagona masjidga Oʼzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Аlimov hazratlari tamal toshi qo'ydi. Mazkur masjid tumanning Tinchlik mahallasidan yer ajratilgan. [2]