Navkent qishlogʼining Buloqboshi aholi manzilgohida joylashgan qabr va yodgorlik majmuasi. Qabrga sohibkaromat avliyo Аmir ota dafn etilgan. Qabr oʼzining boshqa qabrlardan oʼlcham jihatdan kattaligi (qabr 7x3 metr oʼlchamda.) bilan ajralib turadi. Аmir ota qishloq aholisini suv bilan taʼminlash maqsadida yer osti suvlari bor yerlarni aniqlab, xassasi yordamida suv yoʼliga chiziq tortgan. Chiziq tortilgan yerlardan buloq suvlari oqib chiqqan. Buloq suvlari Yangiqoʼrgʼon shaharchasining Sharq tomoniga qadar oqib borib, ulkan soy hosil boʼlgan. Yangiqoʼrgʼon shaharchasi etagida Buloqboshi soyining suvi Namangansoy suvlari bilan qoʼshilib Namangan shahrigacha borgan. Soy yoʼl-yoʼlakay mazkur yoʼnalishdagi qishloqlarni suv bilan taʼminlagan.