Контент-менеджер

Kontent menejeri — ijtimoiy tarmoqlarda chiqariladigan kontent (rasm, video, matn)larni gʻoyasini yaratuvchi shaxsdir.

Kontent yaratuvchi menejer SMM (social media marketing) menejeri qoʻl ostida ish olib boradi.

Kontent menejeri oʻz ishida veb-resursdagi barcha grafik va matnli tarkibni yuqori sifatli tarzda tizimlashtirish va namoyish qilish uchun yoʻriqnomadan foydalanishi mumkin.

Kontent menejerining vazifalari:

  1. saytning faolligini taʼminlash uchun ishlaydigan frilanserlarni boshqarish
  2. saytning funksionalligini kengaytirish
  3. kontent menejerining oʻzi tomonidan yaratilgan oldingi kontentlardan sifat jihatidan ustunroq kontentlar yaratish


Kontent menejerining yana bir boshqarishi mumkin boʻlgan vazifasi kompaniyada saytning faolligi bilan bogʻliq biznes jarayonlarni oʻrnatishdir.

Bularga:

  • saytda yoki ijtimoiy tarmoqlarda ulashish uchun yangiliklar toʻplash
  • katalog uchun yangi mahsulotlarni kuzatish
  • mahsulotlar haqida maʼlumot toʻplash


Post yuklovchi, maʼlumotlar bazasi operatori va komyuniti menejeri kasblarini kontent menejeri ishi bilan aralashtirib yubormang. Post yuklovchi faqat unga taqdim etilgan maʼlumotlarni saytga joylashtiradi. Maʼlumotlar bazasi operatori katalogni kontent menejeri tomonidan belgilangan standartlarga muvofiq maʼlumotlar bilan toʻldiradi. Kontent menejeri roʻyxatga olingan xodimlar uchun texnik topshiriq (texnicheskie zadaniya) tuzadi, ishlarning bajarilishini nazorat qiladi va uning natijalarini tekshiradi.


Kasbning ijobiy tomonlari :

  • Bir vaqtning oʻzida veb-sayt va maqsadli auditoriya bilan ishlashning bir nechta sohalarida takomillashtirishi.
  • Eng murakkab va qiziqarli marketing tadbirlarida ishtirok etish, odatiy monoton ishlardan ijodiy ishlarga oʻtish qobiliyatini rivojlanishi.
  • Sanoat (kompaniya uchun) mutaxassislari, IT mutaxassislari, marketologlar, sotuvchilar va tadbirkorlar bilan foydali tanishuvlar va muloqot.
  • Oʻzingizning veb-loyihalaringizni, shu jumladan, passiv daromad manbalarini yaratishga imkon beruvchi boy tajriba orttirish.
  • Vaqtni toʻgʻri taqsimlash orqali siz uni oʻqish va boshqa ishlar bilan birlashtira olasiz.
  • Baʼzi kompaniyalarda juda yuqori ish haqi va uni amalga oshirilgan biznes vazifalariga qarab kengaytirish imkoniyati.

Kasbning kamchiliklari :

  • Kam harakatchanlik, koʻrish qobiliyatiga bosim tushishi
  • Kasb ichida martaba istiqbollari kam. Oʻsish uchun siz kontent yoki marketingda boshqa yoʻnalishga oʻtishingiz kerak.
  • Ish sifati — dasturiy taʼminot va amaliy veb-yechimlarga, hamkasblarning ishbilarmonlik koʻnikmalariga bogʻliqlik ekanligi.
  • Cheklangan axborot va resurslar sharoitida qaror qabul qilish, bir vaqtning oʻzida bir nechta mutaxassislarni almashtirish zarurati.
  • Ish beruvchini oʻz didi va yuzaki gʻoyalariga emas, balki sanoat standartlari va statistikasiga rioya qilishga ishontirish zarurati.
  • Dastlab, hamkasblar va boshqa menejerlar, kontent menejerini „kompyuter“ mutaxassisi yoki asosiy boʻlmagan topshiriqlarni bajaradigan menejer yordamchisi sifatida qabul qilishlari mumkin.
  • Sogʻlikka taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kompyuterda tizimli ishlash.

Adabiyotlar

tahrir
  • Нестеренко Н., Шантарин А.. Контент-менеджмент. М.: Солон-Пресс, 2014. ISBN 978-5-91359-143-2.