Мutsbraten
Mutzbraten (nemischa: Mutzbraten ) — kabob yoki barbekyuningnemischa turi boʻlib, Sharqiy Turingiya va Gʻarbiy Saksoniyada keng tarqalgan. Mutzbraten deganda- choʻchqaning kuragi yoki orqasidan kesib olinib, tuz, murch va marjoram qoʻshib marinadlangan va mutzbraten uchun stendlar (vertikal mangallar) deb ataladigan qayin tutunida pishirilgan, mushtdek kattalikdagi goʻsht boʻlagi tushuniladi. Odatda non, tuzlangan karam va xantal bilan tortiladi. Kechchupdan foydalanishni xushlamaydilar.
Mutzbraten asosan Sharqiy Turingiyadagi Schmöln va Altenburg atrofida va Tyuringiya oʻrmonlarida katta shuhratga ega. Altenburg lahjasida „Mutz“ soʻzi dumsiz, tukli va tuxum qoʻyadigan choʻchqaga oʻxshash faqatgina Tyuringiya oʻrmonlarida yashovchi afsonaviy hayvon maʼnosini beradi. Bu Bavariya volpertingerlariga[1] yaʼni, turli hayvonlarning duragaylari sifatida tasvirlangan afsonaviy mavjudotlar (oʻrdakburun olmaxon yoki oʻrdak qanotli quyon)larga[2][3] oʻxshaydi. Mutzni hazil tariqasida Mutsbraten uchun goʻsht yetkazib beruvchi deb ham atashadi.
Tarixi
tahrirMutzbraten Shmyölnda 20-asr boshlarida paydo boʻlgan. Oʻsha paytda, Mutzbratenstand uchun mangal yoki mangal sihlar uchun burchakli tayanchlar bilan yerga sanchilgan toʻrtta tayoqdan iborat edi. Markazda qayin yogʻochlaridan yasalgan olov bor edi, sihlar ostiga oqqan yogʻni toʻplashi uchun uzun tovalar qoʻyilgan[4]. Gulxanning qaynoq havosi va tutuni yordamchilarni, ayniqsa bolalarni toliqtirgan, ular bir necha soatlik mehnati uchun bir donaginakabob olishar edi xolos.Mazkur texnologiya oʻnlab yillar davomida oʻzgarishsiz qoldi[5].
Mutsbraten mangali shkaf yoki qutini yodga soladi. Yon tomonlari ochiq boʻlib, sihlar motor tufayli aylanadi. Olovda yonayotgan qayin muzbratenga oʻziga xos taom isi va boy taʼm beradi. Sihlar ostiga tomchilab turgan yogʻlarni yigʻish uchun kanallar biriktirilgan. Bu yogʻning olovga tushishib, zararli bugʻlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi. 1960-yillarda elektr motor-reduktorlar bozorga chiqarilganda, koʻplab ixtirochilar tayyorlash jarayonin yanada samarali va qulay qilishga harakat qilishdi. Mahalliy qassoblar talabiga muvofiq, goʻsht qovuriladigan mangallar sanoat uslubida hamelektr uzatgichlari bilan ishlab chiqarilgan. Biroq, Mutzbraten oʻchoqlari GDRda hech qachon „halqa isteʼmol mahsuloti“ sifatida ishlab chiqarilmagan. GDRdagi davlat kompaniyalari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mangallarni tayyorlash mushkul edi. Shuning uchun odamlar ularni oʻzlari yasashgan. Aylantirish uchun asosan Trabant avtomashinasining tozalagichning dvigateli va velosiped yoki moped zanjiri ishlatilgan[6]. GDR davrida koʻpchilik mangallar qoʻlbola, ogʻir, joyidan qoʻzgʻatish qiyin edi. Zamonaviy modellarni bemalol yigʻish va yonida olib yurish mumkin.
Tyuringcha original retsept
tahrirAsl Schmöllner Mutzbrateni choʻchqa boʻyni yoki kuragidan qilingan. Goʻshtni yogʻ bilan qoplanganini tanlash kerak, aks holda yogʻsiz goʻsht tayyorlash jarayonida qurib qoladidi va mutzbratenning muhim xususiyati boʻlgan qayin daraxtining xushboʻyligini oʻziga singdirmaydi. Taxminan 250 g ogʻirlikdagi kub shaklida toʻgʻralgan goʻsht boʻlaklari tuz, qalampir va marjoramga bir necha soat davomida solib qoʻyib, marinadlanadi. Keyin kabobni kamida ikki soat davomida muzbraten mangalida qayin oʻtinidaida qovuriladi. Mutsbraten dasturxonga non, tuzlangan karam va xantal bilan tortiladi. „Original Schmöllner Mutzbraten“[7] va „Schmöllner Mutzbraten“[8] Germaniyaning Shmölln shahri maʼmuriyatining patent va savdo belgilari idorasida roʻyxatga olingan savdo belgilaridir.
ʻʻʻʻ
-
Muzbraten uchun xom marinadlangan choʻchqa
-
Tupurishdagi xom mutzbraten
-
Tayyor mutzbraten
-
Hammayoqni bodring va non bilan mutzbraten
Manbalar
tahrir- ↑ „Gemeinde Kraftsdorf — Mutzmuseum“. 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-may.
- ↑ Lindenau-Museum (Hg. 2014): Der Mutz in Darstellungen renommierter Künstlerinnen und Künstler aus aller Welt. Ausstellung Burg Posterstein, Altenburg
- ↑ Werner Gutjahr (Hg. 2010): Der Mutz — Ein Fabeltier in Geschichten und Märchen. Der Mutzbraten und andere Rezepte. Bad Langensalza: Rockstuhl-Verlag
- ↑ https://mutzbratengrill.wordpress.com/abgerufen[sayt ishlamaydi] 6. Mai 2021.
- ↑ https://www.mutzbratengrill.de/de/rezepte1 abgerufen 6. Mai 2021.
- ↑ https://www.1-2-do.com/projekt/grill-fuer-mutzbraten-und-co/bauanleitung-selber-bauen/4012026 6. Mai 2021.
- ↑ Markenregisternummer 30159350 vom 9. Oktober 2001, aktuelle Schutzdauer bis wenigstens 31. Oktober 2021.
- ↑ Markenregisternummer 30012537 vom 29. April 1999, aktuelle Schutzdauer bis wenigstens 30. April 2019.