“Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni
Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilayotgan, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlashda jonbozlik koʻrsatayotgan tajribali, yetuk jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari taqdirlanadilar[1][2][3].
„Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi“ koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga va fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ham | |
Taqdirlash asosi | respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlashda jonbozlik koʻrsatayotgan tajribali, yetuk jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2018-yil 3-may. |
Tavsifi
tahrir- “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
- “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” koʻkrak nishonining old tomoni yuqori qismida 1928-yilda ilk bor Olimpiya oʻyinlarida yoqilgan, 1936-yilda olimpiya estafetasiga kiritilgan Olimpiya mash’alasining koʻrinishi tasvirlangan. Bu tasvirning oʻng tarafida sport turlarining piktogrammalari fon sifatida berilgan. Ularning ustida “JISMONIY TARBIYA VA SPORT A’LOCNISI” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Mash’alaning pastida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi yarim aylanma shaklda berilgan.
- Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “JISMONIY TARBIYA VA SPORT SONASI RIVOJIGA QO`SNGAN NISSASI UCNUN” yozuvi joylashgan.
- Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni ilmoqchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi qadagʻichga ulangan.
- Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan. Lentaning ikki yonidan oq rangli eni 1,6 millimetrli yoʻl oʻtgan, shuningdek, chiziqlar yonidan har birining eni 2,8 millimetr boʻlgan yashil rangli yoʻl oʻtgan.
- Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ “JISMONIY TARBIYA VA SPORT A’LOCHISI” KOʻKRAK NISHONINI TA’SIS ETISH TOʻGʻRISIDA Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.05.2018-yildagi 332-son qarori
- ↑ Oʻzbekistonda "Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi" koʻkrak nishoni ta'sis etiladi
- ↑ Sport vaziri Umid Ahmadjonovga «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» koʻkrak nishonini topshirdi