“Peshag‘or” g‘ori
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/“Peshag‘or” g‘ori. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „“Peshag‘or” g‘ori“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • g‘ori qaydlar • oʻchirish |
Xitoy tarixiy manbalari, jumladan Tan-shu imperator-ligining tarixiy solnomalarida Jizzax viloyati hududi bo‘lmish Usrushona «Sao», «Sutulusen», «Sudu» yoki «Su-duy-sha-na» deb yuritilgan. Unda aytilishicha, Shi (Toshkent) va Kan (Samarqand) shahrigacha bir xil masofada bo‘lga «Yecha» shahrida og‘zi mahkam berkitilgan g‘or bo‘lgan. Bu g‘orda yiliga ikki marta qurbonlik qilingan. Odamlar g‘or og‘zida turib yuzlarini g‘ordan chiqayotgan tutunga tutishgan. Tutun qurbonlik o‘tkazayotganning yaqinlarini turli balo-qazolardan asraydi, degan aqida bo‘lgan. Eramizning 618—626 yillarida Suduyshanada yosh hokim bo‘lib Kan hokimi bilan birga Xitoyga elchi yuboradi. Bu paytda Su-du shahri ham Suduyshanaga qaragan[1].
Xitoy tarixchisi Syuan—Szan bu o‘lkani «Sutulisen» deb atagan va uning hududini 1400—1500 li (Choch o‘lkasidan 1,5 barobar uzun) deydi. Urf-odat va udumlari, yemagi chochliklarga o‘xshaydi. Sutulisenda shoh bo‘lganidan beri bu o‘lka turklarga qaragan. Shimoli-g‘arbida o‘simliksiz va suvsiz juda katta qumlik cho‘l (Mirzacho‘l) bo‘lgan.
- ↑ Z.Mamadalieva. Jizzax vohasi etnografiyasi va turizm, 2020.