„Sholaye-e Inquilab“ gazetasi

Sholaye-e Inquilab (forscha: شعله انقلاب, Inqilob alangasi') – tojik tilida chiqarilgan haftalik gazeta boʻlib, Turkiston Muxtor Sovet Respublikasining Samarqand shahridan 1919-yil aprelidan 1921-yil dekabrgacha faoliyat olib borgan[1][2][3]. Dastlab gazetaga Sayyid Rizo Alizoda tomonidan asos solgan[4]. "Sholaye-e Inquilab" jurnalining birinchi soni 1919-yil 10-aprelda chop etilgan[4]. Bu Oʻrta Osiyoda fors-tojik tilidagi ikkinchi gazeta ("Buxoroi-ye-sharif" dan keyin) boʻlib, Sovet Turkistonida tashkil etilgan ilk fors-tojik tilidagi gazeta sanaladi[1][4]. Gazeta Turkiston Kompartiyasining mafkuraviy yoʻnalishini targʻib qilib borgan[1].

Sholaye-e Inquilab
Turi Haftalik
Asoschi(lar) Sayyid Rizo Alizoda
Asos solingan 1919-yil 10-aprel
Tili Tajik Persian
Nashrning toʻxtatilishi 1921-yil dekabr
Bosh ofisi Samarqand

Gazetadagi aksariyat maqolalarning muallifi Alizodaning oʻzi edi, garchi u yozuvchilar kamligini yashirish uchun turli taxalluslar ishlatgan boʻlsa ham, oʻquvchilar bu maqolalarning aksarini Alizodaning oʻzi yozishidan xabardor boʻlishgan. Gazeta til yoʻnalishlari boʻyicha fors milliy oʻzligini saqlashga chaqirgan. „Sholaye-e Inquilab“ nashri 1919-yil oktyabr oyida toʻxtatildi. Gazeta eng kam hisoblangan 1000 nafar oʻquvchini ham qamrab ololmadi va uni sotishdan tushgan daromad uni yuritish xarajatlarini qoplamadi. Kommunistik partiyaning Samarqand boʻlimi uni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashda davom etmasligi ham ayon boʻldi[4].

1919-yil noyabr oyida Toshkentda joylashgan Turkkommissiya tomonidan gazeta qayta nashr etilishga tavsiya qilindi. Bu davrda gazetaga oʻsha davrning koʻzga koʻringan adiblari Sadriddin Ayniy va Hoji Muinlar ham muharrir sifatida qoʻshildi. Gazetada endi fors milliy oʻziga xosligi masalasiga endi urgʻu berilmay, uning oʻrniga yangi yozuvchilar „turkistonliklar“ haqida gapirishni afzal koʻrar edilar. U oʻz tilini „forscha“ deb atashni davom ettirdi[4]. Gazeta keyinchalik siyosiy mavzularga aralashib, amir tuzumini qoralab, Qizil Armiyani qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan[5].

Gazeta mintaqadagi yagona fors tilidagi nashr boʻlsa-da, kengroq oʻquvchilar ommasini topa olmadi[4]. Gazeta 1921-yil dekabrda, toʻqsoninchi sonidan keyin yopildi[1]. 1924-yilning avgustiga qadar yangi tojik gazetasi (Avaz-e Tajik-e Kambaghal) paydo boʻldi, uning tahririyatida Alizoda, Muin va Ayniy kabi mashxur yozuvchilar muharrirlik qilgan[6].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Adel, Gholamali Haddad, Mohammad Jafar Elmi, and Hassan Taromi-Rad. Periodicals of the Muslim World: An Entry from the Encyclopedia of the World of Islam. EWI, 2012. p. 28
  2. Ajni, Sadriddin, and John R. Perry. The Sands of Oxus: Boyhood Reminiscences of Sadriddin Aini. Costa Mesa, Calif: Mazda Publ, 1998. p. 12
  3. Baldauf, Ingeborg, Moshe Gammer, and Thomas Loy. Bukharan Jews in the 20th Century. Wiesbaden: Reichert, 2008. p. 42
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Bergne, Paul. The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic. London: Tauris, 2006. pp. 23-25
  5. Rhyne, George N., Edward J. Lazzerini, and Bruce Friend Adams. The Supplement to The Modern Encyclopedia of Russian, Soviet and Eurasian History. Gulf Breeze, Fla: Academic International Press, 1995. p. 18
  6. Bergne, Paul. The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic. London: Tauris, 2006. p. 76