,,O‘zbekenergo” AJ
"Oʻzbekenergo" AJ (oʻzbekcha: «O’zbekenergo» AJ) — davlat aksiyadorlik jamiyati (DJ), 2001-yilda ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan, tarkibiga koʻmir sanoati korxonalari kiritilgan.
Turi | ommaviy kompaniya |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2001-yilda |
Joylashuvi | Oʻzbekiston, Тoshkent |
Rahbariyat | Boshqaruv raisi — U. Мustafoyev (14.06.2017 dan beri), F. Salomov (09.2016-06.2017), I. Bosidov (12.2012-09.2016) |
Sanoat | elektroenergetika sanoati (XSST: 3510) issiqlik energetikasi (XSST: 3530) |
Maxsulot | Elektr va issiqlik energiyasi |
Vebsayti | uzbekenergo.uz |
Oʻzbekistonda elektr stansiyalarining oʻrnatilgan quvvati 14,1 million kVt dan oshadi. Bu raqam butun Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi ishlab chiqarish quvvatlarining qariyb 50 foizini tashkil qiladi.
2017-yilda issiqlik elektr stansiyalarida 52,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 7,3 million Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi, bu esa mamlakat iqtisodiyoti va aholisining talabini toʻliq qondirmoqda[1].
,,Oʻzbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli gidroelektr stansiyalarida yilning suvlilik darajasiga qarab qariyb 6,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi[2].
Kompaniya tarkibiga 49 ta korxona, shu jumladan 36 ta aksiyadorlik jamiyati, 6 ta unitar korxona, 7 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat va kompaniyaning filiali — Energosotish (Energosbit) kiradi.
Yana qarang
tahrir- Barki Tojik
- Turkmanenergo
Manbalar
tahrir- ↑ „АО «Узбекэнерго»“. 7-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Узбекистан к 2025 году построит четыре крупных ГЭС“. 9-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel 2019-yil.