Yaffa shartnomasi, ba'zan Ramla shartnomasi[1][2], shuningdek, 1192-yilgi shartnoma[3] ham deyiladi - salib yurishlari paytida tuzilgan sulh. 1192-yil 1[4] yoki 2-sentabrda musulmon hukmdori Saladin va Yaffa jangidan keyin Angliya qiroli bo'lgan, Richard Sheryurak o'rtasida imzolangan.

Shartnoma Balian Ibelin ko'magida imzolangan va har ikki tomon o'rtasida uch yillik sulh kafolati hisoblangan. Bu shartnoma uchinchi salib yurishi davrini nihoyasiga yetqazgan.

Mazmuni tahrir

Shartnoma asosan Quddusning maqomi va nasroniylarning ziyorat qilishiga tegishli bo'lib, shuningdek, Muqaddas Yerdagi salibchilar davlatining suvereniteti masalasiga to'xtalib o'tgan. Avvalo, u nasroniylar va musulmonlarning Falastin orqali xavfsiz o'tishini kafolatlagan lekin Quddus islom nazorati ostida qolishi kerak edi. Buning evaziga xristian ziyorati uchun erkinlik berilgan.

Shartnomaning ikkinchi qismida nasroniylar Tirdan Yaffagacha bo'lgan qirg'oqni saqlab qolgan va shu bilan Xattin jangidan beri deyarli barcha yerlari qo'ldan boy berilgan Quddus Qirolligini bora bora qisqargan. Buning evaziga salibchilar qimmatroq va siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan qirg'oq bo'yini nazorat qilishgan.

Askalon istehkomlari vayron qilinib, shaharning o'zi Saladinga qaytarilishi kerak edi.

Saladin va Richard shartnomani imzolashni xohlamaganlar, ammo ularda boshqa tanlov ham yo'q edi. Islom hukmdori qiyinchilik va harbiy xarajatlardan charchagan edi. Shu bilan birga, qirol Richard o'z vatanida Angliya qirolligining qulashi xavfi bilan ham kurashishga majbur bo'lgan.

Sheryurak Richard 1192-yil 9-oktabrda Akrni tark etgan.

Shartnoma tuzishdagi dastlabki urinishlar tahrir

Akra qamalidan so'ng, qirol Richard va Saladin Uchinchi salib yurishini yakunlash imkoniyati haqida bir necha bor muhokama qilishgan. Taklif asosan diniy mulk va Quddusga egalik qilish haqidagi da'volarni o'z ichiga olgan. Bu urinishlarning hech biri sulh tuzishga olib kelmagan[5].

1229-yilgi shartnomadan farqli tarafi tahrir

1229-yilda shunga o'xshash shartnoma imzolangan, u ikki qismdan iborat bo'lib, biri Tell-Ajulda, ikkinchisi Yaffada imzolangan, bu esa o'z navbatida Oltinchi salib yurishini tugashiga sabab bo'lgan. “Tell Ajul va Yaffa” shartnomalari Ayyubiylar, Misr, Suriya hukmdorlari va Muqaddas zaminning kichik knyazliklari oʻrtasidagi hududiy nizolarni hal qilgan, bu esa Sulton Al-Komilga oltinchi salib yurishi rahbari imperator Fridrix II bilan diplomatik bitim tuzishga imkon bergan.[6][7].

Yana qarang tahrir

  • Xattin jangi
  • Yaffa jangi
  • Uchinchi salib yurishi

Eslatmalar tahrir

  1. God’s Battalions: The Case for the Crusades. ISBN 978-0-06-194298-3
  2. Stark, Rodney (2009). God’s Battalions: The Case for the Crusades (PDF) (digital ed.). Harper Collins e-books. p. 115. ISBN 978-0-06-194298-3. Retriev
  3. Amitai, Reuven (July 2017). „The Development of a Muslim City in Palestine: Gaza under the Mamluks“ (PDF). ASK Working Paper 28. University of Bonn, Annemarie Schimmel Kolleg: History and Society during the Mamluk Era (1250-1517). ISSN 2193-925X. 2021-08-15da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 22–iyun 2020–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. Amitai, Reuven (July 2017). Conermann, Stephan; Walker, Bethany (eds.). «The Development of a Muslim City in Palestine: Gaza under the Mamluks (Wayback Machine saytida 2021-08-15 sanasida arxivlangan)» (PDF).
  5. Lane-Poole, Stanley. Saladin and the Fall of the Kingdom of Jerusalem (en). The Other Press, 2007. ISBN 9789839541557. 
  6. Adrian J. Boas. Jerusalem in the Time of the Crusades: Society, Landscape and Art in the Holy City Under Frankish Rule. London: Routledge, 2001 — 1 bet. ISBN 9780415230001. 10-may 2015-yilda qaraldi. 
  7. Humphreys, R. Stephen. From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260. State University of New York (SUNY) Press, 1977. ISBN 0873952634. 10-may 2015-yilda qaraldi. 

Adabiyotlar tahrir

  • Richard, Jan. Salib yurishlari, 328-bet.
  • Tyerman, Kristofer. Salib yurishlari. 461, 471-betlar
  • Rayli-Smit, Jonatan. Salib yurishlari, 146-bet
  • Axelrod, Alan va Charlz L. Fillips, muharrirlar. “Tarixiy shartnomalar va ittifoqlar ensiklopediyasi, 1-jild”. Zenda Inc., Nyu-York, 2001-yil. ISBN 0-8160-3090-1.