1950-yilgi Belgiya Gran-prisi, (rasmiy ravishda Belgiya Grand Prix Automobile de Belgique deb nomlangan) — 1950-yil 18-iyun kuni Spa-Francorchamp avtodromida boʻlib oʻtgan Formula-1 avtopoygasi edi. Shuningdek, 1950-yilgi haydovchilar oʻrtasidagi jahon chempionatining yettita poygasidan beshinchisi edi. 35 davrali poygada Alfa Romeo haydovchisi Juan Manuel Fangio gʻalaba qozondi. U startni ikkinchi oʻrinda boshlagan. Uning jamoadoshi Luigi Fagioli ikkinchi, Talbot-Lago piloti Louis Rosier uchinchi o‘rinni egalladi.

Spa-Francorchamp avtodromi (1947)

Poyga xulosasi

tahrir

Belgiya Gran-prisi boʻlib oʻtayotgan paytda, mavsum sur’ati tezlasha bordi. Spa trassasiga bor-yoʻgʻi 14 ta mashina yetib kelgan. Ular orasida Alfa Romeo jamoasi poygachilari Nino Farina, Juan Manuel Fangio va Luidji Fagiolilar bor edi. Scuderia Ferrari poygachilari Luigi Villoresi va Alberto Ascarilar ham kelishdi. Ascarida sinab koʻrish uchun yangi V12 dvigateli bor edi. Talbot-Lago jamoasidan Louis Rosier, Yves Giraud-Cabantous va Philippe Étancelinlar ishtirok etishdi.

Farina va Fangio saralash bosqichida odatdagidek qolganlarga nisbatan tezroq boʻlishdi. Fagioli ularga tenglasha olmadi. Sommer oʻzining eski Talbot-Lagosida Ferrarilarni ikkiga ajrata oldi. Alfa Romeolar ham yaxshi start oldi. Alfa jamoasi aʼzolari yonilgʻi uchun toʻxtaganida, Sommer poyga yetakchisi boʻlishi ehtimoldan yiroq emas edi. Afsuski, uning dvigateli portlab ketdi. Ascari peshqadamlik qildi, ammo u yoqilgʻi uchun toʻxtashga majbur boʻldi va u ham peshqadamlikni qoʻldan boy berdi. Ammo uning jamoadoshi Luigi Villoresi peshqadamlikni qoʻlga oldi va Ferarriga muhim ballarni taqdim qildi.

Ishtirokchilar

tahrir
No Poygachi Jamoa Konstruktor Shassi Dvigatel Ishlab chiqaruvchi
2   Luigi Villoresi Scuderia Ferrari Ferrari Ferrari 125 Ferrari 125 F1 1.5 V12s Pirelli
4   Alberto Ascari Ferrari Ferrari 275 Ferrari 275 F1 3.3 V12 Pirelli
6   Raymond Sommer Raymond Sommer Talbot-Lago Talbot-Lago T26C Talbot 23CV 4.5 L6 Dunlop
8   Nino Farina Alfa Romeo SpA Alfa Romeo Alfa Romeo 158 Alfa Romeo 158 1.5 L8s Pirelli
10   Juan Manuel Fangio Alfa Romeo Alfa Romeo 158 Alfa Romeo 158 1.5 L8s Pirelli
12   Luigi Fagioli Alfa Romeo Alfa Romeo 158 Alfa Romeo 158 1.5 L8s Pirelli
14   Louis Rosier Automobiles Talbot-Darracq Talbot-Lago Talbot-Lago T26C-DA Talbot 23CV 4.5 L6 Dunlop
16   Philippe Étancelin Talbot-Lago Talbot-Lago T26C-DA Talbot 23CV 4.5 L6 Dunlop
18   Yves Giraud-Cabantous Talbot-Lago Talbot-Lago T26C-DA Talbot 23CV 4.5 L6 Dunlop
20   Eugène Chaboud Ecurie Lutetia Talbot-Lago Talbot-Lago T26C-DA Talbot 23CV 4.5 L6 Dunlop
22   Pierre Levegh Pierre Levegh Talbot-Lago Talbot-Lago T26C Talbot 23CV 4.5 L6 Dunlop
24   Johnny Claes Ecurie Belge Talbot-Lago Talbot-Lago T26C Talbot 23CV 4.5 L6 Dunlop
26   Geoffrey Crossley Geoffrey Crossley Alta Alta GP Alta 1.5 L4s Dunlop
30   Toni Branca Antonio Branca Maserati Maserati 4CL Maserati 4CL 1.5 L4s Pirelli
Manbalar:[1][2]

Saralash

tahrir
Oʻrin No Poygachi Konstruktor Vaqt Farq
1 8   Nino Farina Alfa Romeo 4:37 -
2 10   Juan Manuel Fangio Alfa Romeo 4:37 + 0
3 12   Luigi Fagioli Alfa Romeo 4:41 + 4
4 2   Luigi Villoresi Ferrari 4:47 + 10
5 6   Raymond Sommer Talbot-Lago-Talbot 4:47 + 10
6 16   Philippe Étancelin Talbot-Lago-Talbot 4:49 + 12
7 4   Alberto Ascari Ferrari 4:52 + 15
8 14   Louis Rosier Talbot-Lago-Talbot 4:53 + 16
9 18   Yves Giraud-Cabantous Talbot-Lago-Talbot 4:56 + 19
10 22   Pierre Levegh Talbot-Lago-Talbot 5:01 + 24
11 20   Eugène Chaboud Talbot-Lago-Talbot 5:13 + 36
12 26   Geoffrey Crossley Alta 5:44 + 1:07
13 30   Toni Branca Maserati 5:45 + 1:08
14 24   Johnny Claes Talbot-Lago-Talbot No time -
Manba: [3]

Musobaqadan keyingi chempionat jadvali

tahrir
Oʻrin Poygachi Ball
  1   Nino Farina 22
  2   Luigi Fagioli 18
  3   Juan Manuel Fangio 17
  2 4   Louis Rosier 10
  1 5   Johnnie Parsons 9
Manba: [4]

Manbalar

tahrir
  1. „1950 Belgian Grand Prix - Race Entries“. manipef1.com. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
  2. „1950 Belgian GP - Entry List“. chicanef1.com. Qaraldi: 2013-yil 15-noyabr.
  3. „Belgium 1950 - Qualifications • STATS F1“. www.statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
  4. „Belgium 1950 - Championship“. statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.