1952-yilgi Fransiya Gran-prisi
1952-yilgi Fransiya Gran-prisi — 1952-yil 6-iyulda Ruen-Les-Essartsda boʻlib oʻtgan „ Formula-2“ poygasi edi. Bu poyga 1952-yilgi poygachilar jahon chempionatining 4-poygasi hisoblangan. Unda har bir Gran-pri odatda qoʻllaniladigan Formula 1 qoidalariga emas, balki Formula-2 qoidalariga muvofiq oʻtkazildi. Poyga 3 soat davom etgan[1].
Poyga tafsilotlari
tahrirOldingi dam olish kunlari de la Marne Gran-prisini qoʻlga kiritgan Jean Behra Equipe Gordini uchun poygalarda ishtirok eta boshladi. U Ruen-Les-Essartsda boʻlib oʻtadigan birinchi Fransiya Gran-prisining favoritlari qatorida edi. Bundan tashqari, Gordini uchun poygalarda muntazam Robert Manzon, Prince Bira, Maurice Trintignantlar ishtirok etgan. Johnny Claes 1950—1951-yilgi mavsumlarda Ecurie Belge yorligʻi ostida Simca-Gordini poygasida qatnashdi. Ferrari poygachisi Ascari bu poygada ham ishtirok etd. [Ferrari]] oʻtgan yilgi tarkibini saqlab qoldi. Belgiyada oldingi qatorini qulflab qoʻygan Farina va Taruffi ham ishtirok etdi. Bundan tashqari, bir nechta yosh Ferrarichilar bor edi. Shveysariyalik Rudi Fischer, Peter Hirt, Ecurie Espadon, Franco Comotti va Piero Carini tarkibda bor edi. HWM yana yosh haydovchilar Lance Macklin va Peter Collinslar bilan ishtirok etdi. Bu safar fransuz Yves Giraud-Cabantous ham ushbu jamoa tarkibida qatnashdi. Maserati jamoasidan biror poygachi boʻlmasa-da, ularning yangi avtomobili A6GCM jahon chempionatida debyut qildi.
Ascari ketma-ket ikkinchi pole pozitsiyasini egalladi, uning Ferraridagi jamoadoshlari Farina va Taruffi yana startning birinchi qatorida unga qoʻshilishdi. Gordini jamoasi ikkinchi qatorni band qildi. Behra va Manzon mos ravishda toʻrtinchi, beshinchi oʻrinlarni egalladi. Yangi Maserati A6GCM orqaroqdan joy oldi.
Ferrarilar yana bir bor poygada ustunlik qilishdi. Alberto Ascari jahon chempionatidagi ketma-ket ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi[2].
Ascarining gʻalabasi unga chempionatda hamkasbi Ferrari piloti Piero Taruffidan 5 ballik ustunlik bilan peshqadamlikni taqdim qildi. Farina ketma-ket ikkinchi o‘rinni egallab, Taruffidan bir ball ortda qolgan holda turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Indianapolis 500 gʻolibi Troy Ruttman toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Ishtirokchilar
tahrirSaralash poygalari
tahrirOʻrin | No | Poygachi | Konstruktor | Aylanish | Farq |
---|---|---|---|---|---|
1 | 8 | Alberto Ascari | Ferrari | 2:14.8 | - |
2 | 10 | Nino Farina | Ferrari | 2:16.2 | + 1.4 |
3 | 12 | Piero Taruffi | Ferrari | 2:17.1 | + 2.3 |
4 | 4 | Jean Behra | Gordini | 2:19.3 | + 4.5 |
5 | 2 | Robert Manzon | Gordini | 2:20.4 | + 5.6 |
6 | 44 | Maurice Trintignant | Simca-Gordini-Gordini | 2:21.6 | + 6.8 |
7 | 22 | Peter Collins | HWM-Alta | 2:21.9 | + 7.1 |
8 | 6 | Prince Bira | Gordini | 2:23.0 | + 8.2 |
9 | 14 | Louis Rosier | Ferrari | 2:27.0 | + 12.2 |
10 | 24 | Yves Giraud-Cabantous | HWM-Alta | 2:27.5 | + 12.7 |
11 | 16 | Toulo de Graffenried | Maserati | 2:28.6 | + 13.8 |
12 | 18 | Harry Schell | Maserati | 2:29.0 | + 14.2 |
13 | 26 | Peter Whitehead | Alta | 2:29.5 | + 14.7 |
14 | 20 | Lance Macklin | HWM-Alta | 2:30.9 | + 16.1 |
15 | 42 | Mike Hawthorn | Cooper-Bristol | 2:32.0 | + 17.2 |
16 | 28 | Philippe Étancelin | Maserati | 2:33.7 | + 18.9 |
17 | 36 | Rudi Fischer | Ferrari | 2:34.6 | + 19.8 |
18 | 38 | Franco Comotti | Ferrari | 2:36.0 | + 21.2 |
19 | 40 | Piero Carini | Ferrari | 2:37.7 | + 22.9 |
20 | 32 | Johnny Claes | Simca-Gordini-Gordini | 2:39.6 | + 24.8 |
Musobaqadan keyingi umumiy jadval
tahrirOʻrin | Poygachi | Ball | |
---|---|---|---|
1 | 1 | Alberto Ascari | 18 |
1 | 2 | Piero Taruffi | 13 |
1 | 3 | Nino Farina | 12 |
1 | 4 | Troy Ruttman | 8 |
3 | 5 | Robert Manzon | 7 |
Manbalar: [5] |
Manbalar
tahrir- ↑ Hodges, David. The French Grand Prix, 1967 — 152-155-bet.
- ↑ „French GP, 1952 Race Report“. Grandprix.com. Qaraldi: 2013-yil 2-fevral.
- ↑ „1952 French Grand Prix - Race Entries“. manipef1.com. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „1952 ACF GP - Entry List“. chicanef1.com. Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
- ↑ „France 1952 - Championship • STATS F1“. www.statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.