1967-yilgi SCCA Gran-pri chempionati
1967-yilgi SCCA Gran-pri chempionati mavsumi Sports Car Club of America jamoasi tomonidan tashkil etilgan ochiq gʻildirakli, bir oʻrindiqli avtomobillar poygasining ilk mavsumi boʻlib, keyinchalik SCCA Continental Championship deb nomlanadi. 1967-yilgi chempionat SCCA Formula A, Formula B va Formula C avtomobillari uchun ochiq edi, ularning maksimal dvigatel hajmi mos ravishda 3,0 litr, 1,6 litr va 1,1 litr bilan cheklangan edi[1].
1967-yil iyun oyida SCCA qaroriga asosan 1968-yil 1-yanvardan boshlab 5 litr (305 kub dyuym) hajmgacha boʻlgan ishlab chiqarish dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar, shuningdek, Formula A poyga mashinalari chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. Bu oʻzgarishlar poygalarning qizgʻin tarzda boʻlib oʻtishiga turtki boʻldi. Shuningdek, 1967-yilgi SCCA Gran-pri chempionatida Ford jamoasi mutloq yetakchilik qilishdi. Kuchli o'natlikdan faqat bitta Kanadalik poygachi Peter Broeker joy oldi[2].
Poyga natijalari
tahrir1967-yilgi SCCA Gran-pri chempionatida beshta poyga bahslari oʻtkazildi. AQSHlik poygachilar mos ravishda kuchli uchlikdan joy oldi. Gus Hutchison boshqa raqiblariga nisbatan katta farq bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Mike Hiss Gus Hutchisondan 24 ochko farq bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. U bilan bir xil natija qayd etgan Karl Knapp va Lou Sell qoʻshimcha natijalari pastligi sabab uchinchi va toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Bosqich | Sana | Poyga | Poyga trassasi | Masofa | Formula A gʻolibi
Formula A poyga mashinasi |
Formula B gʻolibi
Formula B poyga mashinasi |
Formula C gʻolibi
Formula C poyga mashinasi |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | May 14 | Colorado Grand Prix | Continental Divide | 36 aylana | Harry McIntosh
Brabham BT7 — Climax FWMV V8 |
Gus Hutchison
Lotus 41C — Ford twin cam BRM |
Jim Mulhall
Lola Mk3 — Ford |
2 | May 20 | Bridgehampton Continental Race | Bridgehampton Race avtodromi | 35 aylana | Jim Haynes
Lotus 18/21 — Climax FPF 4 |
Gus Hutchison
Lotus 41C — Ford twin cam BRM |
Fred Hummel
LeGrand Mk 3 |
3 | Iyun 25 | War Bonnet Continental Race | War Bonnet | 50 aylana | Gus Hutchison
Lotus 41C — Ford twin cam BRM |
Wayne T Mitchell
Lotus 22 — Ford | |
4 | Sentyabr 17 | St Jovite Grand Prix | Mont-Tremblant | 40 aylana | Guy Wooley
Cooper — Climax FPF 4 |
Fred Ashplant
Brabham BT21 — Ford twin cam |
Ronald Stanwicks
Cooper FJ Mk 3A — Ford |
5 | Oktyabr 1 | Lake Tahoe Continental Race | Lake Tahoe | 35 aylana | Jack Millikan
Lotus 22 — Oldsmobile |
Gus Hutchison
Lotus 41C — Ford twin cam BRM |
Ray Seher
Lotus 20 |
Ballar tizimi
tahrirChempionlik ballari poygachilarga 9-6-4-3-2-1 asosida berildi. Ushbu tizim chempionat tashkilotchilari tomonidan ishlab chiqildi.
Chempionat natijalari
tahrir1967-yilgi chempionatda eng yaxshi oʻntalikdagi poygachilar quyidagilar edi:
Oʻrin | Poygachi | Poyga mashinasi | Ball |
---|---|---|---|
1 | Gus Hutchison | Lotus 41 Ford | 36 |
2 | Mike Hiss | Brabham BT21 Ford | 12 |
= | Karl Knapp | LeGrand Ford | 12 |
= | Lou Sell | Brabham BT21A Ford | 12 |
5 | Bob McQueen | LeGrand Ford | 10 |
6 | Fred Ashplant | Brabham BT21 Ford | 9 |
7 | Mike Cronin | Lotus 22 Ford | 7 |
8 | Harold Krech | Lotus 41 Ford | 6 |
9 | Roger Barr | Crossle Ford | 4 |
10 | Peter Broeker | Stebro Mk4 Ford | 3 |
= | Steve Griswold | LeGrand Alfa Romeo | 3 |
= | Bill Gubelmann | Brabham Ford | 3 |
Manbalar
tahrir- ↑ Wolfgang Kopfler, Formula A and Formula 5000 in America — Race by Race, Second Edition, 2003, page 7
- ↑ 1967-69 SCCA Grand Prix Championship Review, www.myf5000.com (Wayback Machine saytida 2022-10-11 sanasida arxivlangan) Retrieved on 13 February 2014