69 (jinsiy poza)
Oltmish toʻqqiz yoki 69 (fransuzcha: soixante-neuf (69) nomlari bilan tanilgan[1]) — jinsiy pozalar tarkibiga kiruvchi jinsiy aloqa turi. Bunda ikki kishi bir-biriga mos pozada sherigining jinsiy aʼzolari bilan ogʻiz yordamida jinsiy aloqani amalga oshiradi[2][3][4]. Pozaga ishtirokchilar 69 raqamidagi 6 va 9 raqamlari kabi oʻzaro teskari boʻlgan holda aloqa qilganlari uchun 69 nomi berilgan[4][5]. Bu poza jins vakillarining har qanday kombinatsiyasini oʻz ichiga olishi mumkin.
Metodikasi
tahrir69 pozasining oʻzgarishi oʻzaro anilingus yoki „ikki tomonlama rimming“ hamda sherikning anus yoki vaginasiga barmoq yordami jinsiy aloqa qilishni oʻz ichiga oladi. Ushbu pozitsiyada sheriklar bir vaqtning oʻzida jinsiy qoniqishni boshdan kechirishlari aytiladi, biroq bu faqat oʻzlarini zavqlanishga qaratmoqchi boʻlganlarni chalgʻitishi mumkin. Boʻyi oʻxshash boʻlmagan sheriklar uchun pozitsiya anchagina noqulaylik tugʻdirishi tabiiy holat[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Soixante-neuf definition and meaning | Collins English Dictionary“ (en). www.collinsdictionary.com. Collins English Dictionary. Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
- ↑ Rojiere, Jean. The Little Book of Sex. Ulysses Press, 2001. ISBN 1-56975-305-9.
- ↑ Julie Coleman, „Love, sex, and marriage: a historical thesaurus“, Rodopi, 1999, ISBN 90-420-0433-9, p.214
- ↑ 4,0 4,1 Aggrawal, Anil. Forensic and Medico-legal Aspects of Sexual Crimes and Unusual Sexual Practices. Boca Raton: CRC Press, 2009 — 380-bet. ISBN 978-1-4200-4308-2.
- ↑ René James Hérail, Edwin A. Lovatt, „Dictionary of Modern Colloquial French“, Routledge, 1990, ISBN 0-415-05893-7, p.484
- ↑ Rathus, Spencer A.. Human sexuality in a world of diversity, 2nd, New Jersey, USA: Pearson Education, 2005 — 221-bet. ISBN 0-205-79029-1.
Adabiyotlar
tahrir- Gershon Legman. Oragenitalism: Oral Techniques in Genital Excitation. New York: The Julian Press Inc., 1969.
Wikimedia Commonsda 69 (jinsiy poza) mavzusiga oid fayllar bor. |