800
800-yil (DCCC) Yuliy taqvimi bo'yicha chorshanba kunidan boshlangan kabisa yili bo'lib, Milodiy sananing Anno Domi belgilanishining 800-yili, 1-ming yillikning 800-yili, 8-asrning 100- va oxirgi yili. Aynan shu davrda Anno Domini taqvim davri Yevropada yillarni nomlashning keng tarqalgan usuliga aylandi va shu vaqtdan boshlab yillar 800 va keyingi yillar deb atala boshlandi.[1][2]
Ming yilliklar: | 1-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
Voqealar
tahrirYevropa
tahrir- 25-dekabr - Franklar qiroli Karl (Charlemagne) Papa Leo III tomonidan "Rim imperatori" unvoni bilan Karl I sifatida toj kiydi. Taxtga o'tirish marosimi Rojdestvo kunida Rimdagi Avliyo Pyotr Bazilikasida bo'lib o'tadi. G'arbiy Yevropada Franklar imperiyasi tashkil topadi, biroq bu Konstantinopoldagi imperator ayol Irina tomonidan tan olinmaydi. Bu sobiq G‘arbiy Rim imperiyasining kim tomonidan rasmiy boshqarilishi borasida Vizantiyaliklar bilan bir qator nizolarni keltirib chiqaradi.
- Rus xoqonligi Xazarlarning 182 yillik hukmroligidan keyin "Rus"lar tomonidan tashkil etiladi. Bu davr Kiev Rusi va keyinchalik Rossiya, Belarus and Ukraina davlatlarining paydo bo'lishiga sabab bo'ldi (taxminiy sana).
- Nortumbriya qiroli Erdvulf o‘z odamlari bilan marhum qirol Alhredning o‘g‘li shahzoda Elhmundni qo‘lga olib, uni qatl qiladi. U Derbida Avliyo Alkmund cherkoviga dafn etiladi va keyinchalik avliyo sifatida ulug‘lanadi (taxminiy sana).
- Abbosiylar xalifaligi janubiy Italiyadagi hududlarini Ag'labiylar sulolasiga topshirishga majbur bo‘ladi.
Osiyo
tahrir- Tan sulolasi davrida yangi turdagi she’riyat – tsi (notekis satrlarga ega lirik she’r) kuyga moslashtiriladi. (taxminiy sana)
Afrika
tahrir- Sijilmasa (hozirgi Marokash hududida) Shimoliy Afrika va G‘arbiy Sudan o‘rtasida karvonlar yo‘lga chiqadigan boshlang‘ich nuqta sifatida tashkil etiladi (taxminiy sana).
- Ife (hozirgi Nigeriya hududida) muhim shahar markaziga aylanadi (taxminiy sana).
- Abbosiylar xalifaligi Ifriqiyani (hozirgi shimoli-sharqiy Jazoir, Tunis va g‘arbiy Liviya hududlarini) Ag'labiylar sulolasiga topshirishga majbur bo‘ladi.
Markaziy Amerika
tahrir- 28-iyun – Ochk’in Kaloomte’ Aj Ho’ Baak Gvatemaladagi Mayya shahar-davlati Machakila yangi hukmdori bo‘ladi va 815-yilda vafotigacha hukmronlik qiladi.
- Itza madaniyati Mesoamerikada boshlanadi (840-yil).
Polineziya
tahrirGavayi orollarining birinchi ko‘chmanchilari yetib kelishadi (taxminiy sana).
Mavzu bo'yicha
tahrirDiniy
tahrir- Lichfild arxiyepiskopi Higbert iste'foga chiqadi. Uning o'rniga Eldvulf tayinlanadi. Mersiya qiroli Kenvulf avvalgi hukmdoriga qaraganda Kenterberi arxiyepiskopi bilan yaxshiroq munosabatda bo'ladi va Mersiya arxiyepiskoplik markazini Londonga ko'chirishga urinadi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz bo'ladi (taxminiy san)
- Kell kitobi Irlandiyadagi Kolumba monastirida yoziladi va bezatiladi (taxminiy sana).
Tugʻilgan
tahrir- Aldrik, Le-Mans yepiskopi (taxminiy sana)
- Al-Abbos ibn Said al-Javhariy, musulmon matematik
- Kordovalik Alvaro, Mozarab olimi (taxminiy sana)
- Amoghavarsha I, Rashtrakuta (Hindiston) qiroli (vafoti 878-yil)
- Katta Boso, frank zodagoni (taxminiy sana)
- Fotima al-Fihriya, arab masjid asoschisi (taxminiy sana)
- Govindasvami, hindistonlik astronom (taxminiy sana)
- Luiz, frank abbat (taxminiy sana)
- Metodiy I, Konstantinopol patriarxi (yoki 788-yil)
- Nikolas I, Katolik cherkovining papasi (vafoti 867-yil)
- Nominoe, Bretan gersogi (taxminiy sana)
- Pribina, slavyan shahzodasi (taxminiy sana)
- Robert III, frank zodagoni (vafoti 834-yil)
- Rorgon II, Men grafligi (taxminiy sana)
- Svitin, Vinchester yepiskopi (taxminiy sana)
- Valentin, Katolik cherkovining papasi (vafoti 827-yil)
Vafot etgan
tahrir- 3-iyun – Stavrakiy, Vizantiya bosh vaziri
- 26-sentabr – Berovulf, Vyursburg yepiskopi
- Ailill mak-Fergusa, Janubiy Brega (Irlandiya) qiroli
- Alkelda, anglo-sakson malika (taxminiy sana).
- Liebana Beatusi, rohib va ilohiyotchi (taxminiy sana)
- Elhmund, Nortumbriya shahzodasi (taxminiy sana)
- Luitgard, frank qirolichasi va Karl (Charlemagne) ning rafiqasi
- Vatsraja, Gurjara-Pratihara sulolasi qiroli[3]
Havolalar
tahrir- ↑ Bose, K. S.; Sarma, R. H. (1975-10-27). „Delineation of the intimate details of the backbone conformation of pyridine nucleotide coenzymes in aqueous solution“. Biochemical and Biophysical Research Communications. 66-jild, № 4. 1173–1179-bet. doi:10.1016/0006-291x(75)90482-9. ISSN 1090-2104. PMID 2.
- ↑ Moreton, Jennifer (2002-03). „Georges Declercq. Anno Domini: The Origins of the Christian Era. 206 pp., app., bibl.Turnhout, Belgium: Brepols Publishers, 2000. $35, €20“. Isis. 93-jild, № 1. 105–106-bet. doi:10.1086/343276. ISSN 0021-1753.
{{cite magazine}}
: no-break space character in|title=
at position 8 (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ „Archaeological sites of the Early Bronze Age“, The Cambridge History of Ancient China, Cambridge University Press, 1999-03-13, ISBN 978-1-139-05370-9, qaraldi: 2024-12-25