Aʼzamjon Xoliqov

oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Aʼzamjon Abdusalomovich Xoliqov (1958-yil 10-mart, Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2018), professor (2018).

Aʼzamjon Xoliqov
Tavalludi 10-mart 1958-yil (1958-03-10) (66 yosh)
Jarqoʻrgʻon, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Termiz davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Aʼzamjon Xoliqov 1958-yil 10-mart Jarqoʻrgʻon tumanida ziyoli oilasida tugʻilgan[1][2]. 1965—1975-yillarda ushbu tumandagi 29-maktabda oʻqigan. 1975—1977-yillarda ishlab chiqarish sohasida ishlagan. 1977—1979-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1979—1984-yillarda Termiz davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti mutaxasisiligi boʻyicha tugatgan. 1989—1991-yillarda Termiz davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi, 1994—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqtot instituti katta ilmiy xodimi, 1997—2000-yillarda institutning „Pedagogika nazariyasi va tarixi“ boʻlimi boshligʻi, 2003—2005-yilarda Toshkent davlat pedagogika universiteti „Umumiy pedagogika“ kafedrasi laboranti, oʻqituvchisi, 2005—2014-yillarda „Umumiy pedagogika“ kafedrasi dotsenti, 2014—2017-yillarda „Boshlangʻich taʼlim metodikasi“ kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat koʻrsatgan[2]. 2017-yildan „Boshlangʻich taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri[3].

Oilasi

tahrir

Oilali. Uch nafar farzandi bor[3].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Aʼzamjon Xoliqov 1991—1994-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasida, 2000—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqtot instituti doktoranturasida tahsil olgan. 1994-yilda „Gumanitar oʻquv fanlarini oʻrganishda ideallashtirish uslubidan foydalanish“ mavzusida nomzodlik, 2018-yilda „Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasii himoya qilgan[1]. 1994-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2018-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2018-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Olim 5 ta darslik, 20 ta oʻquv metodik qoʻllanma, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[3].

Mukofotlari

tahrir
  • „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (2015)[3];
  • „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet. 
  2. 2,0 2,1 „XOLIQOV A'ZAMJON ABDUSALOMOVICH“. 2023-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „XOLIQOV A'ZAMJON ABDUSALOMOVICH“. 2023-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.