A4Tech
A4TECH — Tayvan kompaniyasi[1], shaxsiy kompyuter uchun tashqi qurilmalar ishlab chiqaruvchi xususiy kompaniya.
Turi | Xususiy kompaniya |
---|---|
Qachon asos solingan | 1987 |
Joylashuvi | Xitoy Respublikasi, Taybey |
Asoschi(lari) | Robert Cheng |
Mahsulot(lar)i | Klaviaturalar, sichqonchalar, veb-kameralar, akustika tizimlari, garnituralar, kompyuter uchun boshqa tashqi qurilmalar |
Brendlari | Bloody Gaming |
Ishchilar soni | 4000 |
Vebsayti | www.a4tech.com |
A4TECH 1987-yilda Robert Cheng tomonidan tashkil etilgan. Kompaniyaning ilk faoliyati kompyuter sichqonchalarini ishlab chiqarishdan boshlangan. Keyinchalik esa mahsulotlar assortimenti kompyuterlarning boshqa turdagi tashqi qurilmalari bilan toʻldirilgan.
Tashkil etilgan paytdan to hozirgi kungacha kompaniya xususiy shaklda boʻlib kelgan. Egalari soni va ularning ustav kapitalidagi ulushlari oshkor etilmagan. Bundan tashqari, kompaniya foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni, savdo maʼlumotlari va boshqa moliyaviy hisoblarni eʼlon qilmaydi. Biroq, kompaniyaning rasmiy veb-saytida 2010-yilda kompaniya 80 milliondan ortiq periferik qurilmalarni sotganligini koʻrsatadi (sovdo hajmi esa pul koʻrinishida koʻrsatilmagan).
Kompaniyaning mahsulotlari MDH mamlakatlari bozorlarida 1990-yildan beri mavjud. 2012-yilda Rossiya bozoridagi savdoda A4TECH, faqat Xitoydan ortda qolib, umumiy savdo hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi[2]. 2015-yildan boshlab, A4TECH yangi o'yin brendi - Bloody bilan o'z e'tiborini Shimoliy Amerika bozoriga qaratdi.
Mahsulotlar
tahrirKompyuter uchun tashqi qurilmalari:
- Klaviaturalar, sichqonchalar (simli, simsiz, Bluetooth modellari)
- Veb-kameralar
- Kompyuter uchun 2.0 va 2.1 formatidagi faol akustika tizimlari
- Mikrofonli va mikrofonsiz garnituralar
- Oʻyinchilar (geymerlar)ga moʻljallangan mahsulotlar
Bloody Gaming
tahrir2011-yilda A4Tech o'zining ikkinchi kompyuter o'yin brendini - Bloody Gamingni ishga tushirdi. Dastlabki mahsulotlar optik anjomlarni tashqi qurilmalarga, xususan, klaviatura va oʻyin sichqonlariga integratsiyalashga qaratilgan edi. Las-Vegasdagi CES (2018) koʻrgazmasida Bloody Light Strike texnologiyasining uchinchi (LK Libra deb nomlangan) avlodini taqdim etdi va 2018-yil fevraligacha oʻzining toʻliq yangilangan klaviatura portfelini ishga tushirdi.
Ishlab chiqarish
tahrirIshlab chiqarish Xitoyning Dongguan tumanidagi ishchilar shaharchasida joylashgan:
- Fenggan — ishlab chiqarish maydoni 100 000 m2
- Humen — ishlab chiqarish maydoni 40 000 m2
Xodimlarning umumiy soni 4 ming kishiga yaqin. 200 ga yaqin muhandis yangi mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Umumiy ishlab chiqarish hajmi oyiga 3 milliondan ortiq qurilma[2].
Boshqaruv
tahrirKompaniya tashkil topganidan beri uning doimiy va oʻzgarmagan rahbari Robert Cheng hisoblanadi.
Tuzilishi
tahrirQiziqarli faktlar
tahrir2010-yilda A4TECH manipulyatorlari Rossiya Jahon kiber oʻyinlari finalining rasmiy manipulyatorlari edi[4]
Manbalar
tahrir- ↑ „About Us | A4TECH Official Website“. ru.a4tech.com. 2019-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „«Доступная Технология» A4Tech“. CNR.ru (ЗАО «СК Пресс») (2012). 2014-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Contact Us | A4TECH Official Website“. ru.a4tech.com. 2019-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ „A4Tech на WCG 2010: определились официальные манипуляторы российского финала чемпионата“. Tom's Hardware (2010-yil 21-iyul). 2010-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.