ABC Bunny — Wanda Gág tomonidan yaratilgan bolalar uchun alifbo kitobi. Kitob muallif tomonidan oq va qora ranglarda bezatilgan va kitobning muallifining akasi Howard tomonidan qoʻlda yozilgan. Kitobga qoʻshilgan „ABC Songs“ musiqasini kitobning muallifi Wanda Gágning singlisi Flaviya bastalagan[1].

ABC Bunny
Muallif(lar) Wanda Gág
Bezovchi(lar) Wanda Gág, Howard Gág
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Janr(lar)i Bolalar adabiyoti
Nashr etilgan sanasi 1933-yil
Nashriyot Coward-McCann, Inc
Sahifalar soni 32
ISBN ISBN 978-0-698-20000-5

Kitob dastlab muallif Wandaning jiyanlaridan biri uchun yaratilgan edi[2]. Muallifning oʻz jiyani uchun yaratgan kitobi 1934-yilda 1972-yilgacha Newbery Faxriy mukofotiga sazovor boʻlgan soʻnggi rasmli kitob sifatida tarixda qoldi[3]. Kitob 1933-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Coward-McCann, Inc nashriyotida nashr etilgan.

Syujeti tahrir

Ritmik va qofiyali matn olma bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisadan keyin Bunnylanddan boshqa joyga haydalgan Bunni haqida hikoya qiladi. Bunni sayohatida alfavitdagi har bir harf aks etadi: Gale G harfi uchun, Insect I harfi uchun va boshqalar[4].

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „'The ABC Bunny,' by Wanda Gag“. Tallahassee Democrat (4-aprel 1995-yil), s. 60. Qaraldi: 27-sentabr 2020-yil.
  2. McCann, Coward. „The ABC Bunny“. Star Tribune (12-noyabr 1933-yil), s. 28. Qaraldi: 27-sentabr 2020-yil.
  3. Parravano, Martha V. (July–August 1999). "'Alive and Vigorous': Questioning the Newbery". The Horn Book Magazine (Boston) 75 (4): 434-444. 
  4. The University of Minnesota Press: The Classic Tales of Wanda Gág