AITO M9
AITO M9 — Xitoyning yirik kompaniyasi bo'lmish Huaweiga qarashli AITO brendi tomonidan ishlab chiqariluvchi avtomobil[1][2].
AITO M9 | |
---|---|
AITO M9 taqdimot marosimida | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Huawei |
Model yili | 2023 |
Zavod(lar) | Chunsin |
Tasnifi | |
Sinfi | Yoʻltanlamas |
Segment | J-segment |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 3110 |
Uzunligi | 5230 |
Kengligi | 1800 |
Balandligi | 1999 |
Eksteryer | |
Kuzov turi | Yoʻltanlamas |
Eshiklar soni | 5 |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar | Maybach GLS |
Tarixi
tahrirHuawei tomonidan ishlab chiqariluvchi ushbu avtomobilning rasmiy taqdimoti 2023-yil 26-dekabrda boʻlib oʻtdi[3].
Texnik koʻrsatkichlar
tahrirAito M9 ning oʻlchamlari uzunligi 5230 mm, boʻyi 1999 mm, kengligi esa 1800 mm, gʻildirak bazasi 3110 mm ni tashkil qiladi. Mashinaninv toʻliq elektrlashgan versiyasida umumiy quvvati 530 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel oʻrnatilgan boʻlib, akkumulyator sigʻimi 97 kVt•soat, yurish masofasi esa 630 kmga teng. Gibrid versiyasi ham mavjud boʻlib, u 1,5-litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan. Akkumlyator sigʻimi 42 va 52 kVt•soat boʻlib, umumiy quvvati 496 ot kuchiga teng ikkita elektr motor oʻrnatilgan. Gibrid versiyaning maksimal bosib oʻtish masofasi 1362 yoki 1402 kmga teng[3]. Avtomobil uchun batareyalar CATL kompaniaysi tomonidan taʼminlanadi.
Avtomobil 100 km/soat tezlikka 4,9 soniyada erishadi[4].
Aito M9 ning sof elektr versiyasida aerodinamik qarshilik koeffitsienti 0,264 ni, gibrid versiyasida esa - 0,279 ni tashkil qiladi[4].
Kuzov
tahrirHuawei Aito M9 njng kuzovi uzoq vaqt chirimasligi uchun unkng korpusining 80% alyuminiydan ishlangan[4].
Narxi
tahrirAito M9 ning oddiy versiyasining narxi 65 900 dollar, top versiyasi boʻlmish EV Ultra esa 79 750 dollarni tashkil qiladi[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „В Китае уже выстраивается очередь за «убийцей» Mercedes-Maybach GLS от Huawei: на Aito M9 собрано 20 тыс. заказов“ (ru). ixbt.com (27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-noyabr.
- ↑ Ежов, Андрей „AITO M9: большой кроссовер от Huawei готовится к выходу на рынок“ (ru). kolesa.ru (27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-noyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Dexter „Конкурент Mercedes-Maybach GLS и BMW X7 от Huawei пользуется бешеной популярностью в Китае — на Aito M9 оформлено уже более 40 000 заказов“. ixbt.com (27-noyabr). Qaraldi: 27-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Dexter „Пиксельные фары, пневмоподвеска, максимум комфорта, 496 л.с. и запас хода 1400 км. Представлен Huawei Aito M9 — конкурент BMW X7 и Mercedes-Maybach GLS“ (ru). ixbt.com (2023-yil 26-dekabr). Qaraldi: 27-noyabr.