Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi

(AQSh Milliy fanlar akademiyasidan yoʻnaltirildi)

Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Fanlar AkademiyasiAQShdagi ilmiy jamiyat. 1863-yil Vashington shahrida tashkil etilgan. Asosiy maqsadi, mamlakatda fan taraqqiyotiga ko‘maklashishdan iborat. AQSH hukumati va uning bir qancha agentliklari uchun fan va texnika masalalari bo‘yicha maslahatchi organ vazifasini bajaradi. Hozirda ushbu jamiyatning 1989 nafar kishi aʼzosi bo‘lib, ulardan 80 dan ortig‘i faxriy aʼzo, 271 xorijiy aʼzodir. Ishlarni texnika fanlari milliy akademiyasi (1964) va Tibbiyot instituti (1970) bilan birgalikda muvofiqlashtiradi. Ijrochi organi – Milliy tadqiqot kengashi (1916).

ManbalarTahrirlash