A Practical English Grammar
„A Practical English Grammar“ (tarjimasi „Ingliz tilining amaliy grammatikasi“) — Audrey Thomson hamda Agnes Martinet qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1960-yil Oksford shahrida Oksford universiteti nashriyotida chop etilgan. Asarga qoʻshimcha ravishda ikki jildli mashqlar toʻplamlari ham tayyorlangan.
Muallif(lar) |
Audrey Thomson Agnes Martinet |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 1960 |
Nashriyot | Oksford universiteti nashriyoti |
„A Practical English Grammar“ bir necha marta qayta nashr qilingan. Kitob ingliz tilini oʻrganishda eng keng qoʻllanadigan asarlar qatoriga kiradi. „Grammaire de l'anglais d'aujourd'hui“ nomi bilan fransuzcha izohli versiyasi ham chop etilgan.
Nashrlari
tahrirBirinchi nashr
tahrir„A Practical English Grammar“ kitobining ilk nashri 1960-yil chop etilgan. Birinchi nashrning oʻzi yetti marta chop etilgan.
Ikkinchi nashr
tahrir„A Practical English Grammar“ kitobining ikkinchi nashri 1969-yil chop etilgan. Ikkinchi nashrning oʻzi oʻn marta chop etilgan. G. Storm ikkinchiga nashrga yozgan taqrizida asarda lingvistik tushunchalarga amaliy yondashilganini va nazariy masalalarga toʻxtalmaganini olqishlagan[1].
Uchinchi nashr
tahrir„A Practical English Grammar“ kitobining uchinchi nashri 1980-yil chop etilgan[2]. Uchinchi nashrning oʻzi sakkiz marta chop etilgan.
Toʻrtinchi nashr
tahrir„A Practical English Grammar“ kitobining toʻrtinchi nashri 1986-yil chop etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Storms, G. (1972). „Review of A Practical English Grammar, by A. J. Thomson & A. V. Martinet“. Foundations of Language (inglizcha). 9-jild, № 1. 145-bet. Qaraldi: 30-dekabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Dirven, René (1983). „Review of Thomson & Martinet (1980): A Practical English Grammar“. ITL - International Journal of Applied Linguistics (inglizcha). 94–98-bet. doi:10.1075/itl.62.10dir.