Aaron Van Cleave (talaffuzi: Aron Van Kliv; 1987-yil 14-martda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. U Germaniya vakili sifatida Mari Vartmann bilan boʻlgan juftligi bilan mashhur. Mari bilan birga 2015-yilgi Germaniya milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan, 2011 NRW Trophy musobaqasining chempioni va 2010 Warsaw Cup turniri gʻolibi boʻlgan.

Aaron Van Cleave
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Oldin vakil boʻlgan Kanada bayrogʻi Kanada
Tavalludi 14-mart 1987-yil (1987-03-14) (37 yosh)
Kanada
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Sherigi Tatyana Domracheva
Oldingi sheriklari Mari Vartmann, Ameena Sheikh, Sarah McCoy, Lauren Cowley
Murabbiyi Knut Schubert
Jamoasi SC Berlin
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 56.70
Erkin dastur 106.11

Shaxsiy hayoti tahrir

Van Cleave 1987-yil 14-martda Britaniya Kolumbiyasining Comox shahrida tugʻilgan. 2014-yil yanvar oyida Germaniya fuqaroligini olgan.

Faoliyati tahrir

Aaron Van Cleave 2010-yilda kanadalik va amerikalik konkida uchuvchi Mari Vartmann bilan juftlik hosil qilgan va ular birga Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnasha boshlagan. Bu juftlik oʻzining xalqaro debyutini 2010-yilda Warsaw Cup turnirida oʻtkazgan va u yerda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlikning birinchi yirik xalqaro musobaqasi 2012-yilgi Yevropa chempionati boʻlgan. Vartmann va Van Cleave juftligi chempionatda 5-o‘rinni egallagan. Ularga Berlinda Knut Schubert murabbiylik qilgan[1].

Vartmann va Van Cleave juftligi qisqa dastur namoyishidan so‘ng 2012 Nebelhorn Trophy musobaqasini tark etgan, chunki Vartmann qisqa dastur ijrosi davomida oʻng oyogʻini jarohatlab olgan edi. Juftlik 2012-yilgi Nice Cup turniri va oʻzlarining birinchi birinchi Gran-pri musobaqasini, 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasida Vartmanni jagʻ suyagi singanidan soʻng tark etgan. Keyinchalik juftlik oʻzlarining ikkinchi Gran-pri musobaqasining 2012 NHK Trophy bosqichida ishtirok etishdan voz kechgan[2].

Cleavening hozirgi sherigi rossiyalik Tatyana Domrachevadir.

Dasturlari tahrir

Mari Vartmann bilan tahrir

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2014—15

2013—14

  • Where the light gets in

    Sennen
2012—13

2011—12

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi

Mari Vartmann bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 10—11 11—12 12—13 13—14 14—15
Jahon chempionati 14 16 15
Yevropa chempionati 5 8 9 7
GP Rossiya WD
GP NHK Trophy WD 5
GP Skate Canada 7 8
Bavarian Open 3 3
Challenger Cup 3
Nice Cup 6 WD 3
Ice Challenge 2
Lombardia Cup 6
Nebelhorn Trophy 8 WD 3
NRW Cup 4 1 5
Warsaw Cup 1
Milliy
Germaniya chempionati 2 2 2 3 1
WD = musobaqani tark etgan

Manbalar tahrir

  1. Flade, Tatjana. „2012 Nebelhorn Trophy“. Golden Skate (2012-yil 30-sentyabr).
  2. „Weiterer Schlag für deutsches Team“ (German). Mitteldeutscher Rundfunk (2012-yil 26-yanvar). 2012-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.