Abashevo qo‘zg‘oloni
Abashevo qoʻzgʻoloni — Birinchi rus inqilobi yillarida Chuvashiya dehqonlarining eng yirik qoʻzgʻolonlaridan biri. Bu qoʻzgʻolon 1906-yil 1-yanvardan 6-yanvargacha Cheboksari uyezdi Togashevskiy volostining Abashevo qishlogʻida boʻlib oʻtdi va Chuvashiyada dehqonlar harakatining oʻsishiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi.
Qoʻzgʻolon tashkilotchisi oʻz tugʻilgan qishlogʻi Zavrajnoyega (Abashevo qishlogʻi yaqinida joylashgan) qaytib kelgan Saratov zavodlaridan birining ishchisi G. Dmitriyev edi. U va Cheboksarilik sotsial-demokratlar V.V. Pyatnitskiy, P. L. Vinokurov, A. R. Zalenskiy va boshqalar dehqonlarni soliqlarni toʻlamaslikka, mulkdorlarning yerlaridan foydalanishga, oʻrmonlarni pul toʻlamasdan kesishga, hokimiyat va politsiyachilarga boʻysunmaslikka chaqirgan va bu qoʻzgʻolonga turtki boʻlgan.
Qoʻzgʻalonning borishi
tahrir1-yanvar kuni dehqonlar ruhoniyga xizmat haqini toʻlashdan bosh tortdi. Chunki u ehson oladi va shuning uchun dehqonlar undan cherkov uyini boʻshatishini talab qildi.
2-yanvar kuni Muloyimlik Jamiyati kutubxonasi dyakondan tortib olindi.
3-yanvar kuni Abashevo aholi punkti va Zavrajnoye qishlogʻining dehqonlari posbon (strajnik) ni kaltaklab, uni qurolsizlantirdi. Keyin esa volost sudyasi ham kaltaklanib, doʻkoni talon-toroj qilindi.
5-yanvar kuni 500 ga yaqin kishi ishtirok etgan yigʻilishda Zavrajnoye, Chirshkasi va boshqa qishloqlar dehqonlari bilan birgalikda pochta boʻlimi va qurol-yarogʻ omborini egallab olish uchun Cheboksariga borish haqida qaror qabul qilindi. Posbon va u bilan birga kelgan dehqonlar kaltaklandi va qurolsizlantirildi, chanalari sindirib tashlandi. Kechga yaqin isyonchilar soni ortib ketdi.
6-yanvar kuni qoʻzgʻalon tashkilotchilari ishchilarning chiqishlarini tayyorlash uchun Cheboksari shahrida turgan paytda, Cheboksari politsiyasi xodimi N. V. Yasnitskiy 70 kishilik qoʻriqchilar guruhi bilan dehqonlarni tarqatib yubordi. Keyinchalik Kozmodemyansk, Sivilsk va Cheboksaridan jami 75 kishilik soqchilar otryadi yetib keldi. 19 dehqon hibsga olindi. Keyinchalik Qozon okrug sudi tomonidan qoʻzgʻalon tashkilotchilari va cheboksarilik agitatorlardan 10 kishi jazoga tortildi.
Adabiyotlar
tahrir- Gusev T.G., Denisov P. V. Krestyanskoye dvijeniye v Chuvashii v godi Pervoy russkoy revolyutsii // Chuvashiya v Pervoy russkoy revolyutsii / Uch. zap. CHNII. Vip. XIII. Ch., 1956
- Revolyutsionnoye dvijeniye v Chuvashii v period Pervoy russkoy revolyutsii 1905—1907 gg. Dokumenti i materiali. Ch., 1956.