Abatbay Dauletov
Abatbay Dauletov (1942-2019, Kegeyli tumani Xalqobod qishlogʻi) — qoraqalpoq tilshunosi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), professor (1992), filologiya fanlari doktori (1994). Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika institutini tugatgan (1964). Qoraqalpogʻiston davlat universitetida kafedra mudiri (1978 — 1985; 1996-yildan), dekan (1985—1896). Ilmiy ishlari qoraqalpoq adabiy tili fonetikasi masalalariga bagʻishlangan ("Qoraqalpoq tilida vokalizm", 1976; "Qoraqalpoq tilida singarmonizm", 1993 va b.). Dauletov oliy oʻquv yurtlari hamda oʻrta maktab oʻquvchilari uchun qoraqalpoq tiliga oid dareliklar muallifi. "Qoraqalpoq tilining imlo lugʻati" (1986)ni tuzishda qatnashgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |