Abbreviatura (musiqa)
nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi
Abbreviatura (italyancha: abbreviatura) — nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi[1][2]. Kuy qismlarining takrorlanishida, juda baland yoki past tovushlarni bir oktava baland yoki past qilib shartli notalashtirishda, nota chiziqlaridan soʻng qoʻshimcha chiziqlarni kamaytirishda qoʻllanadigan belgilar.
Abbreviatura partiturada kuyga qochirim berishni ham ifodalaydi. Abbreviatura yordamida asarning nisbatan mustaqil, tugal qismi yoki qoʻshiq bandi takrori, ayrim takt yoki kuy tuzilmalari takrori beriladi. Abbreviatura koʻp qoʻshimcha chiziqlardan xalos qilib, nota oʻqilishini osonlashtiradi. Musiqa bezaklarini ifodalashda keng qoʻllanadi[3].