Abby Roque (talaffuzi: Ebbi Rok; 1997-yil 25-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik xokkeychi, hozirda PWHPA ning Minnesota jamoasida oʻynaydi. Pekinda 2022-yilgi Olimpiadada debyut qilgan AQSh ayollar olimpiya xokkey jamoasida oʻynagan birinchi mahalliy fuqarodir[1].

Abby Roque
Tugʻilgan joyi 25-sentyabr 1997-yil (1997-09-25) (26 yosh)
Sault Ste. Marie, Michigan, AQSh
Boʻyi 170 cm (5 ft 7 in)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng
PWHPA Minnesota
Oʻynagan jamoalari Wisconsin Badgers
Jamoalardagi faoliyat 2016—hozirgacha
Medallari va yutuqlari
Olimpiada oʻyinlari
Kumush Beijing 2022
Jahon chempionati
Kumush Kanada 2021

Oʻrta maktabda tahrir

Roque olti yoshidan xokkey oʻynashni boshlagan. Qizlar xokkeyi uchun hech qanday imkoniyat yoʻqligi sababli oʻgʻil bolalar jamoasida oʻynadi. Oʻrta maktabda Sault Area High School Blue Devils jamoasida oʻynagan. Birinchi kursda xokkey boʻyicha oliy oʻquv yurti jamoasi tarkibiga kirgan yagona birinchi kurs talabasi edi. Oʻrta maktab oʻgʻil bolalar jamoasida oʻynagan birinchi va yagona qiz boʻlgan. „Koʻk iblislar“dagi katta mavsumida sardor yordamchisi boʻlgan. Jamoa safida oʻtgan yilida 16 ta gol va 20 ta golli uzatmani amalga oshirib, jami 36 ochko jamgʻardi[2][3][4].

NCAA tahrir

Oʻqishni tugatgandan soʻng, Abby Wisconsin universitetiga oʻqishga kirdi va Badgersda 155 NCAA oʻyinida 170 ball toʻpladi va ikki marta WCHA yilning eng yaxshi hujumchisi deb topildi[5]. 40 oʻyinda 28 ochko toʻplagan holda 2016—2017-yilda WHCA yilning eng yaxshi yangi xokkeychisi boʻldi. 2019-yilda yarim finalda gʻalaba golini urdi, jamoa universitet NCAA chempionligini qoʻlga kiritdi[6]. USCHO I divizionida yilning eng yaxshi ayol oʻyinchisi va 2020-yilda AQSh xokkeyi boʻyicha yilning eng yaxshi ayol xokkeychisi deb topildi, shuningdek, 2020-yilgi Patty Kazmaier Memorial mukofotining eng yaxshi 3 finalchisi boʻldi[7][8][9].

Oʻqishni tugatgandan soʻng, Roque PWHPA ga qoʻshildi va 2020—2021-yilgi mavsum oldidan Minnesota roʻyxatiga kiritildi[10].

Xalqaro tahrir

Roque 2014- va 2015-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF jahon chempionatida Qoʻshma Shtatlarni himoya qilgan va 2015-yilda oltin medalni qoʻlga kiritgan[11]. 2019—2020-yilgi Amerika terma jamoasi safida Rivalry Seriesda qatnashgan.

2022-yil 2-yanvarda Roque 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida AQSh jamoasi roʻyxatiga kiritildi[12].

PWHPA tahrir

Roque 2021-yil 28-fevral kuni New-Yorkdagi Madison Square Gardenda PWHPA Dream Gap Tour uchrashuvida ishtirok etdi[13]. Jamoasi 4:3 hisobida magʻlub boʻldi, Roque bir gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[14].

Mukofot va unvonlari tahrir

NCAA tahrir

  • 2020 All-WCHA Birinchi jamoasi[15]
  • 2020 Birinchi Amerika jamoasi[16]
  • WCHA 2020-yilning eng yaxshi xokkeysi[17]

AQSh Xokkey tahrir

  • Bob Allen 2020-yilning eng yaxshi ayol xokkeychisi (AQSh xokkeyi tomonidan taqdirlangan)[18]

Shaxsiy hayoti tahrir

Roque sobiq NCAA xokkey murabbiyi Jim Roquening qizi[19]. Marketing boʻyicha bakalavr darajasiga ega[20].

Manbalar tahrir

  1. Barry Svrluga. „U.S. forward Abby Roque is a first-time Olympian — and a pioneer for Indigenous people“. The Washington Post (2-fevral 2022-yil).
  2. McCabe. „Girl power: Abby Roque stars for Soo boys hockey“. Detroit Free Press.
  3. „Roque excelling as only girl on boys hockey team“. WXYZ (9-fevral 2016-yil).
  4. USAHockey.com. „Playing With Boys Helped Abby Roque Prepare for U18 WWC“. USA Hockey (30-dekabr 2014-yil).
  5. Journal. „Badgers' Abby Roque named WCHA offensive player of the year“. madison.com.
  6. Spengler. „Women's Hockey: How Abby Roque became one of top offensive weapons for Badgers“ (11-fevral 2020-yil).
  7. Journal, Todd D. Milewski | Wisconsin State. „Badgers' Abby Roque named a first-team women's hockey All-American“. madison.com.
  8. „Badgers' Abby Roque claims USA Hockey's women's player of the year award“. AP NEWS (3-iyun 2020-yil).
  9. „Canadians Giguere, Roque among 3 finalists for top NCAA women's hockey award - CBC Sports“. CBC (3-mart 2020-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2020-yil.
  10. Tokarski. „2020 Top 25 Under 25 | No. 9: Abby Roque“. The Ice Garden (18-avgust 2020-yil).
  11. „Abby Roque“. teamusa.usahockey.com.
  12. „U.S. women with 13 returnees“. International Ice Hockey Federation (2-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2022-yil.
  13. Analis Bailey. „PWHPA Dream Gap Tour hits Madison Square Garden ice for historic women's game“. USA Today (28-fevral 2021-yil).
  14. „2021 Secret Dream Gap Tour recap: New York City“. SB Nation (1-mart 2021-yil).
  15. „WCHA ANNOUNCES 2019-20 ALL-LEAGUE TEAMS, PRESENTED BY STERLING TROPHY: All-WCHA and All-Academic teams honored“ (inglizcha). wcha.com (27-fevral 2020-yil). Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  16. TODD D. MILEWSKI. „Badgers' Abby Roque named a first-team women's hockey All-American“ (inglizcha). wiscnews.com (5-mart 2020-yil). Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  17. „WISCONSIN'S ABBY ROQUE NAMED 2019-20 WCHA PLAYER OF THE YEAR, PRESENTED BY STERLING TROPHY: Patty Kazmaier finalist chosen from among four candidates as the WCHA's top overall player“ (inglizcha). wcha.com (5-mart 2020-yil). Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  18. Dan Scifo, 06/03/20. „Abby Roque Joins Elite Company as Bob Allen Women's Hockey Player of the Year“ (inglizcha). USA Hockey. Qaraldi: 2-mart 2021-yil.
  19. „That Sudbury Sports Guy: Like father, like daughter — sort of“.
  20. Badgers. „Abby Roque skates to her own beat … and it's a joyous one“. Wisconsin Badgers (27-mart 2020-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2020-yil.