Abdibek Sheroziy
Abdibek Sheroziy (forscha: عبدی بیگ شیرازی; toʻliq ismi: Xoja Zaynulobidin Ali Abdibek Navidi Sheroziy; 1515-yil 19-avgust — 1580-yil) — shoir, tarixchi, tarjimon va 3 ta „Xamsa“ muallifi hisoblanadi[1].
Abdibek Sheroziy | |
---|---|
Tavalludi |
Xoja Zaynulobidin Ali Abdibek Navidi Sheroziy 19-avgust 1515-yil |
Vafoti | 1580-yil |
Fuqaroligi | Safaviylar davlati |
Kasbi | Shoir, tarixchi, tarjimon |
Hayoti
tahrirAbdibek Sheroziy 1515-yil 19-avgustda tugʻilgan. U faqatgina shoir emas, tarixchi ham boʻlgan boʻlib, uning „Takomilat al-axbor“ nomli asari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari u 3 ta „Xamsa“ yozgan, 3 ta gʻazallar devoni tuzgan, 2 ta tarjima asari bor va boshqa har xil risolalar muallifi hisoblanadi. Lekin uning faqat 9 ta asarida nashr ettirilgan.
Abdibek Sheroziyning „Xamsa“sidagi 5-dostonining („Oynai Isakandariy“) tanqidiy matnini Abdulfazl Hoshim oʻgʻli Rahimov amalga oshirgan boʻlib, u Moskvadagi „Nauka“ nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Abdibek Sheroziy 1580-yilda vafot etgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Abdibek Sheroziyga tegishli iqtiboslar mavjud. |