Molana Abdul Boqiy (1939–2001) 1970, 1980 va 1990-yillarda Pokistonning Shimoliy-Gʻarbiy chegara provinsiyasining mashhur siyosiy arboblaridan biri edi. U 1970 yilgi umumiy saylovlarda PF-35, 2-Svat saylov okrugidan provintsiya majlisi a'zosi etib saylangan va muftiy Mehmud kabinetida viloyat katta vaziri, o'sha paytdagi Shimoliy-G'arbiy chegara (Xaybar Paxtunxva) bosh vaziri etib tayinlangan. 1972 yildan 1977 yilgacha vazir bo'lib lavozimida saqlanib qoladi. Shuningdek, u 1980 yildan 1985 yilgacha general Ziyo-ul-Haqning saylangan viloyat mahkamasida xizmat qilgan. 1985 yildagi partiyasiz saylovlar natijasiga binoan u yana viloyat majlisiga a'zo etib saylandi. Hamda din ishlari va daromadlar vaziri lavozimida ishladi. 1988-yilda navbatdan tashqari saylovlar oʻtkazilib, u IJI chiptasi bilan viloyat majlisi deputatligiga daʼvogarlik qildi va u ushbu saylovda ham g'alaba qozonadi. Yana 2 yil davomida viloyat vaziri lavozimini egallab, 1990-yilgacha majlislar tarqatib yuboriladi. Molana Abdul Boqiyning sa'y-harakatlari orqali bo'lingan Kohistonni bir ma'muriy birlikka birlashadi, uning bir qismi avval Svat knyazlik davlati boshqaruvi ostida bo'lgan, qolgan bir qismi esa hukumatga tegishli bo'lmagan qabila aholi punktlariga tegishli edi. Kohiston tuman maqomiga 1975 yilda Molana Abdul Boqiy boshchiligidagi noroziliklardan keyin erishadi. Bundan tashqari u 15 yil davomida Motamar-e-alam Islomning raisi sifatida ishlagan.

O'lim: U 2001 yil 24 iyunda Abbotobodda yurak tutilishi sababli olamdan ko'z yumadi.

Vorislari: Uning kichik ukalari Moulana Ubaydulloh hamda Mehbubulloh Jan 2008-yil fevral oyida bo'lib o'tgan umumiy saylovlarda PF-61 va NA-23 Kohistondan viloyat va milliy assambleyalarga a'zo etib saylanadilar. Keyinchalik u 2011-yilning 7-oktyabrida vafot etdi.

Ukasi Molvi Ubaydulloh o'limidan keyin, o'g'li Sajjod Ulloh Boqiy 2011 yilda MPA etib saylangan.

Adabiyotlar [1]

[2]

  1. „Constituency Profile“ (en-US). Election Pakistan. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  2. „Archived copy“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-may.