Abdul Husayn Dastgʻayb (forscha: عبدالحسین دستغیب — Abdul Hussayn Dastgʻayb 1913-yil 8-dekabr — 1981-yil 11-dekabr) — eronlik siyosiy faol, diniy olim, tasavvufshunos. U juma namoziga imom etib tayinlangan va oliy rahnamoning Sherozdagi vakillaridan biri. U mujtahid (diniy-siyosiy faol), arab tili, ilohiyot, nozil matnlar va fiqh asoslari (Usul al-fiqh) boʻyicha mutaxassis edi. 1981-yilda Eron xalq mujohidi tomonidan oʻldirilgan.


Abdul Husayn Dastgʻayb
Unvoni Katta Oyatulloh
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 8-dekabr 1913-yil
Vafoti 11-dekabr 1981-yil(1981-12-11)
(68 yoshda)
Sheroz, Eron
Oʻlim sababi Portlash
Imam Ali masjidi
Dini Usuli Oʻn ikkilik Shia Islom
Ota-onasi
  • Seyid Muhammad Toqiy (otasi)

Biografiyasi

tahrir

Dastgʻaybning otasi, boshlangʻich taʼlim muallimi Seyid Muhammad Toqiy 11-12 yoshlarida vafot etgan. Dastlabki taʼlimni otasidan olgan Abdul Husayn, uning oʻlimidan keyin tahsilini Sherozda, soʻngra Najafda davom ettirdi. Eronga qaytgach, u jiddiy siyosiy faoliyatga kirishdi[1].

Siyosiy faoliyati

tahrir

Eron inqilobidan oldin

tahrir

Pahlaviylar sulolasi davrida siyosiy muxolif boʻlgan. U hukumat siyosatini tanqid qilgani uchun qamoqqa tashlangan hamda hukmron rejim tomonidan Eronni tark etishga majbur qilingan, [2] 1962 yilda (inqilobdan uch yil oʻtib) yana qaytib keldi [3] U Ruhulloh Humayniyni qoʻllab-quvvatladi va rejimga qarshi siyosiy faoliyatni davom ettirdi[4]. 1963-yil 5-iyunda hibs qilinib, Tehronga surgun qilindi, 1964-yilda esa yana qoʻlga olinib, uchinchi marta surgunga yuborildi. U Sheroz aholisining pahlaviylarga qarshi kurashda yetakchisi edi. 1977-yilda rejim uni uy qamogʻiga oldi, ammo odamlarning munosabati tufayli qoʻyib yuborishga majbur boʻldi[5][6]. Sherozda shoh rejimiga qarshi ommaviy namoyishlar paytida odamlar qirgʻin qilinganidan keyin u takror hibsga olindi[7].

Eron inqilobidan keyin

tahrir

Dastgʻayb juma namozining imom-xatibi va Sherozdagi oliy rahnamoning vakili [8] etib tayinlangan, arab tili, ilohiyot, nozil matnlar va fiqh (usul al-fiqh) asoslari boʻyicha mutaxassis boʻlgan mujtahid edi. [1] Mutaxassislar majlisida Fors xalqining vakili edi. [9]

Ustozlari

tahrir
  • Abu-l-Hasan al-Isfahoniy
  • Ogʻa Ziyo Addin Arogʻiy
  • Ali Tabatabaiy
  • Muhammad Kozim Sheroziy (axloq va tasavvufdan ustozi)
  • Muhammad Javod Ansoriy Hamadoniy
  • Seyid Mirzo Estahbahonatiy

Kitoblari

tahrir

U quyidagi kitoblarni yozgan[9].

  1. Everlasting heaven
  2. Certain role
  3. Faith
  4. Resurrection
  5. Sermon of shabarieh
  6. Hosseini uprising
  7. Great sins
  8. Humble prayers
  9. Great Fatemeh Zahra and Zeinab
  10. Ascension to heaven
  11. Prophecy
  12. Heart of Quran
  13. Introduction from the Quran
  14. Another world
  15. Islamic behavior
  16. questions
  17. Secrecy of the Quran
  18. Office of Imam (Imamate)
  19. Truth from Quran
  20. Eternity
  21. Friday sermons
  22. Pure heart
  23. Manners from the Quran
  24. Unitarianism
  25. Fantastic stories
  26. Sayed-Ol-Shohada

Oʻlim

tahrir

1981-yil 11-dekabrda Dastgʻayb va yetti nafar hamrohi juma namozini oʻqish uchun masjidga ketayotganlarida portlash oqibatida halok boʻldilar[8][10]. Bu harakat uchun javobgarlikni Eron xalq mujohidlari oʻz zimmasiga oldi[8][11].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Seyed Abdol-Hossain Dastgheib“. Tebyan (2004-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  2. „A description of the life of Ayatollah Dashegib“. tasnim.
  3. „martyrdom of Ayatullah Dashegib“.
  4. „Ayatollah Dasheghib was martyred“. 2017-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  5. „The Martyrdom of Ayatollah Dastgheib“. The Cultural website of Matyrdom and Sacrifice (2013-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  6. „Strange sleep of Ayatollah Dashegib before the martyrdom“. farsnews. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  7. Fischer, Michael M. J.. Iran: From Religious Dispute to Revolution, 2nd, With a new introduction, University of Wisconsin Press, June 1, 2003 — 195-197-bet. ISBN 978-0299184742. 
  8. 8,0 8,1 8,2 „Aide to Khomeini Killed by a Bomb“. New York Times (1981-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  9. 9,0 9,1 „Index of memories of martyr Ayatollah Dastgheib“. The Cultural website of Martyrdom and Sacrifice (2007-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  10. Nash, Jay Robert. Terrorism in the 20th Century: A Narrative Encyclopedia from the Anarchists, Through the Weathermen, to the Unabomber. M. Evans and Company, 1998, 1998 — 370-bet. ISBN 9780871318558. 
  11. „Suicide terror of People's Mujahedin of Iran“. farsnews.[sayt ishlamaydi]