Abdul Rashid Doʻstum (oʻzbekcha: Abdul Rashid Doʻstum, dariycha: عبدالرشید دوستم) — Afgʻoniston davlat va siyosat arbobi, marshal[1]. 2014-yildan boshlab Afgʻoniston Vitse-Prezidenti va ilgari Ahmad Ziyo Mesut va Muhammad Mohaqiqlar bilan birgalikda Afgʻoniston Milliy Kengashi rahbarlaridan biri, shuningdek Junbish-e milliy-yi Islami-yi Afgʻoniston]] siyosiy partiyasi (oʻzbekcha: Afgʻoniston Milliy Islomiy harakati) rahbari. U afgʻon urushi oʻtmishida milliy armiya safida uzoq vaqt hizmat qilganligi bilan ham Afgʻoniston siyosatida muhim shaxslardan biri hisoblanadi.

Abdul Rashid Doʻstum
Abdul Rashid Doʻstum

Vitse-Prezident
Mansabda
2014-yilning 29-sentabridan
dan beri mansabda
Mamlakat Afgʻoniston
Prezident Ashraf Gʻani
Avvalgi Vitse-Prezident Yunus Kanuni

Tavalludi

15-avgust 1954-yil (1954-08-15) (70 yosh)
Joʻzjon viloyati, Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston
Kasbi Afgʻoniston Oliy Qoʻmondoni

Doʻstum Sovet ittifoqi qoʻshinlarining Afgʻonistondagi harbiy amaliyotlari chogʻida afgʻon armiyasiga boshchilik qilgan. Keyinchalik mustaqil ravishda Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamoasiga rahbarlik qilgan. Shuning birga 80-yillari Mujohidlarga va 90-yillarda Tolibonga qarshi harbiy toʻqnashuvlarda faol ishtirok etgan.

Tarjimai holi

tahrir

Abdul rashid Doʻstum 1954-yilda Afgʻonistonning Joʻzjon viloyatida tavvalud topgan. Uning oilasi kambagʻal boʻlgani bois oʻrta umumtaʼlim maktabini erta tark etishga majbur boʻladi va yoshligidanoq gaz va neftni qayta ishlaydigan joylarda faoliyat olib borgan. 2021-yil 6-avgustda Tolibon jangarilari marshal Doʻstumning uyini yoqib yuborishdi[2]. Tolibon harakati Kobulni egallaganidan soʻng Doʻstum Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatiga kelib joylashdi[3].

Manbalar

tahrir