Abdulaziz Karim (23-noyabr 1973-yil (1973-11-23) (51 yosh), Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bitiruvchisi[1]. 2005-yildan siyosiy ta'qiblarga uchrab, qidiruvda boʻlgan[2]. San'at sohasidagi ustozi To‘lqin Umarovich Qurbonov hisoblanadi[1].

Abdulaziz Karim
Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi23-noyabr 1973-yil (1973-11-23) (51 yosh)
Toshkent shahri
Yo'nalishiEstrada
KasbiArtist
Faoliyat yillari1998-yildan
Mukofotlari mahrum qilingan

Abdulaziz Karim 2000-yilda Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. 2003-yilda esa Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan[3].

Tarjimai holi

tahrir

Abdulaziz Karim musiqa maktabini 1991-yilda tamomlab, 1991—1996-yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida taʼlim olgan. U 1 qismlik opera, 2 ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70dan ortiq asarlar yozgan[1]. Yevropa darajasidagi musiqa turlariga talab kamligi sababli 1998-yildan estrada yo'nalishida ijod qila boshlagan[1].

Abdulaziz Karimning “Uzun armonlar”, “Qurbon boʻlaman”, “Yagonam oʻzing” qoʻshiqlari hamda Rayxon Gʻaniyeva bilan hamkorlikda kuylagan “Erkatoyim mani yoqimtoyim” dueti xit darajasiga koʻtarilgan[2].

Mashhur taronalari

tahrir
Abdulaziz Karim ijodidagi qoʻshiqlar
T/R Qoʻshiq nomi Chiqqan yili
1. Qurbon boʻlaman -
2. Yonimda -
3. Gʻarib ogʻoch -
4. Uzun armonlar -
5. Nozli guloyim -
6. Xato -
7. Taxayyul tuni -
Abdulaziz Karim ijodidagi duetlar
T/R Qoʻshiq nomi Duetdoshi Chiqqan yili
1. Erkatoyim mani yoqimtoyim Rayxon Gʻaniyeva -

Manbalar

tahrir