Abdulazizxon madrasasi
Abdulazizxon madrasasi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qoʻsh imorat ansamblining janubiy tomonida meʼmor Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan. Ulugʻbek madrasasining (1419) qarshisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsi hovlining har tarafi oʻrtasida peshtoqli ayvon bor. Umuman madrasa bezaklari yuksak sanʼat va mahorat bilan ishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Hujra devorlarida tabiat manzaralari va imoratlar tasviri ham uchraydi. Naqshlar, asosan, moviy rang boʻyoqlar bilan chizilgan. Asosiy oʻlchami: atrof aylanasi — 50x67 metr, hovli — 28x35 metr. Madrasa XVII asr Buxoro mahobatli meʼmorligining yetuk namunasidir. Madrasa asosan juz’iy taʼmirlar (peshtoq muqarnasini Usta Shirin Murodov taʼmirlagan) asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari koʻrsatiladi. Shimoli-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yogʻoch oʻymakorligi namunalaridan iborat koʻrgazma tashkil etilgan.
Madrasa | |
Abdulazizxon madrasasi
| |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | M. Ulugʻbek MFY, Nurobod koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokor | Muhammad Solix |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdulazizxon |
Binokorlik | 1651—1652-yil[1] |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Holati | Muzey |
Gumbazlar soni | 2 ta |
Sayt | Rasmiy sayt |
![]() |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Медресе Абдулазизхана“ . Rusrav.uz. Qaraldi: 16-may 2020-yil.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |