Abdulgʻafur Loriy
Abdulgʻafur Loriy (arabcha: عبد الغفور لاری — Raziyyuddin Abdulg‘afur Loriy,?, Lor — 912/1507, Hirot) — olim va mutasavvif.
Raziyyuddin Abdulg‘afur Loriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 1507-yil (hijriy 912-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | olim, mutasavvif |
Hayoti
tahrirTug‘ilgan yili va hayoti haqida yetarli maʼlumot uchramaydi. Manbalarda Abdurrahmon Jomiyning peshqadam muridlaridan bo‘lganligi qayd etilgan. Ali ibn Husayn al-Koshifiy Abdulgʻafur Loriyning zamondoshi va muridlaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, „Rashahot ayn ul-hayot“ asarida u haqida to‘liq maʼlumot keltirmagan. Asarda Abdulgʻafur Loriyning maʼnaviy yo‘li va karomatlari haqida zikr qilingan. Ali ibn Husayn al-Koshifiy Abdulgʻafur Loriy sahoba Sa’d ibn Ubayd avlodi ekani, o‘z davrida aqliy va naqliy ilmlarda peshvo bo‘lgani, Abdurrahmon Jomiyning aksariyat asarlarini o‘qib o‘rgangani va Jomiy „Sharh fususi-l-hikam“ nomli kitobi muqobalasini u bilan birga 896/1491-yilda tamomlaganini alohida taʼkidlagan. Abdulgʻafur Loriyning „Nafahot ul-uns“ga alohida takmila yozganini qayd etgan al-Koshifiy, uning buyuk shaxs ekani va vahdat al-vujud nazariyasidagi qarashlari ustozi Abdurrahmon Jomiy fikrlari bilan bir bo‘lganini aytib o‘tadi.
Vafoti
tahrirAbdulgʻafur Loriy milodiy 1507-yil (hijriy 912-yil)da vafot etgan. Vafotidan so‘ng ustozi Abdurrahmon Jomiyning qabri yoniga dafn etilgan.
Ijodi
tahrirFors tilidagi asarlari
tahrir- „Takmilai Nafahot ul-uns“ („Al-ixtisār va-z-zayl ’alā Nafahāt al-uns“);
- „Mirqāt al-advār fi-t-tarӣx“;
- „Tarjima al-usul al-’ashara va sharhuh“;
- „Xavoshiyi Gʻafuriyya“ kabi asarlarini fors tilida;
Arab tilidagi asari
tahrir- „Xāshiya ’alā sharh al-Jāmӣ li-l-kāfiya“ nomli asarini arab tilida yozgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ali ibn Husayn al-Koshifiy. Rashahot ayn ul-hayot. — T.: 20;
- Maʼsum Ali shoh. Taroyiq ul-haqoyiq. — Tehron: 1898-1901. III,. 48;
- Hadiyya al-’ārifӣn. I, 588;
- Zabihulloh Safo. Tarixi adabiyot dar Eron. — Tehron: 1977. IV, 354, 356;
- Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. — Damashq: 1957-61. V, 269;
- DIA. „Abdülgafûr-i Lârî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 204.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |