Hojimatov Abdulla Eshon1879-yili tug‘ilgan, Uchqo‘rg‘on rayoni Qizilquloq qishlog‘idan, kelib chiqishi yirik boy, ruhoniylardan. O‘tmishda bosmachilik faoliyati uchun 5 yil mehnat tuzatuv lagerida qamoq jazosini o‘tashga hukm qilingan. Hibsga olingunga qadar diniy xizmatchi, piri eshon. Xorijdagi muhojir o‘zbek va tojiklardan tashkil etilgan sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilotning faol a’zosi sifatida targ‘ibot olib borganlikda, tez orada sovet hokimiyati qulashi muqarrarligi haqida aksilinqilobiy mish-mishlar tarqatganliqda, kolxozchilarni kolxozdan chiqishi, masjidlarni tiklanishi to‘g‘risida tashviqot olib borganlikda, sovet hokimiyatiga qarshi muqaddas urush olib boruvchi tashkilot tuzish zarurligini targ‘ib qilganlikda ayblangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 90 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.