Abdulla Hoshimovich Hoshimov (1908.20.9, Toshkent - 1976.21.6) -fiziolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1963), tibbiyot fanlari doktori (1956), professor (1957), Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti davolash fakultetini tugatgach (1933), normal fiziologiya kafedrasida katta laborant, aspirant (1933 — 35), assistent (1935—38), dotsent (1938— 41). Urush qatnashchisi (1941—45). Toshkent tibbiyot akademiyasi normal fiziologiya kafedrasida dotsent (1945—56), ayni vaqtda Riga tibbiyot instituti normal fiziologiya kafedrasida doktorant (1953—56). 1957-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining normal fiziologiya kafedrasida professor va Toshkent farmatsevtika instituti fiziologiya kafedrasi mudiri (1956—73). Ilmiy ishlari, asosan, sogʻlom organizmda hamda tashqi muhitning organizmga taʼsiri natijasida qon aylanishining oʻzgari-shiga oid.

Manbalar tahrir

  • Vliyaniye korn bolshix polushariy na teploregulyaiiyu (Uslovnshe refleksm), T., 1940; Krovoobrasheniye pri pishevarenii, T., 1958.