Nazratullayev Abdulla Shayx — 65 yoshda, Qirg‘iziston SSR Jalolobod rayoni Sanet Bedan mavzeidan, o‘zbek, diniy xizmatchi, imom, shayx, hibsga olingunga qadar Namangan shahridagi “Mirqachanboy” masjidida imom. Aksilinqilobiy millatchi, isyonkor tashkilot rahbari sifatida Farg‘ona vodiysi hududida ayblanuvchilardan Komolov va Matkarimovlarning chegaradan olib o‘tgan ko‘rsatmalarini nolegal yig‘ilishlarda aytib, sovet hokimiyatini ag‘darish uchun aksilinqilobiy tashkilot tuzishni, aholining qoloq qismidagi millatchilik sarqitlaridan foydalanib, O‘zbekiston hududida “Musulmon” davlatini tuzishga harakat qilganlikda ayblangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 83 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.