Abdulla Qodiriy uy-muzeyi
Abdulla Qodiriy uy-muzeyi — 2019 yil dekabr sanasida Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza koʻchasida yashagan yozuvchi Abdulla Qodiriy uyida ochilgan.[1]
Ayni shu muzeyda yozuvchining oʻzi ijodidan, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan. Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A.Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan. Xona devorlariga ilingan adibning asl qiyofasini aks ettiruvchi fotosuratlar Qodiriy ijodini yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, bu yerda gazeta va jurnallar, A.Qodiriy ijodi namoyon ettirilgan ilk kitoblar mavjud. Muzey ixlosmandlarini xonalardan birida yozuvchi oʻz asarlarini yozganida, oila a’zolari bilan birga bir dasturxonda yigilishi e'tiborini chetda qoldirmaydi.[2]
Muzey hovlisida haykaltarosh Bahrom Norboyev tomonidan mukammal ishlangan yozuvchi haykali oʻrnatilgan. Unda adib teran fikrda, bir qoʻlida kitob tutgan holda gavdalantirilgan.
Foto
tahrir-
Abdulla Qodiriy uy-muzeyi
Havolar
tahrir- ↑ Дом-музей Абдуллы Кадыри открылся в Ташкенте gazeta.uz 30 декабря 2019
- ↑ Музей Кадыри в городе Ташкенте uzor.uz 13.04.2020