Abdullah Ziya Kozanoğlu (turkcha: Abdullah Ziya Kozanoğlu) — XX asrda yashagan turk meʼmor, romannavis va sport menejeri[1].

Abdullah Ziya Kozanoğlu
Asl ismi turkcha: Abdullah Ziya Kozanoğlu
Tavalludi 16-yanvar 1906-yil
Vafoti 29-mart 1966-yil(1966-03-29)
(60 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Taxallusi Aptullah
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya

Hayoti

tahrir

Abdullah Ziya 1906-yil 16-yanvarda Istanbulning Beshiktosh tumanida tugʻilgan. Otasi Abdulloh Usmon Bey, onasi Seyyide Hanim edi[1]. Boshlangʻich taʼlimni Nishantashi Ittihad va Taraqqiyot maktabida olgan. Oʻrta taʼlimni Gaziosmanpasha maktabida boshlagan, 1922-yilda Kabatosh oʻrta maktabini tamomlagan. Istanbul Texnika Universitetining muhandislik boʻlimida oliy taʼlimni boshlaganidan soʻng, beshinchi sinfda oʻqiyotganda 600 nafar talaba bilan Buyukadaga borish uchun paromni egallab olishganida, Ziya voqea uchun javobgar deb topildi va maktabni tark etishga majbur boʻldi[2]. Shundan soʻng, Badiiy akademiyaning arxitektura boʻlimiga oʻqishga kirdi va 1929-yilda akademiyani tamomladi[3].

Oradan koʻp oʻtmay, 1929-yilda Adana munitsipalitetining ilm-fan ishlari boʻyicha direktori lavozimiga tayinlangan Kozanogʻlu, 1932-yili Milliy taʼlim vazirligiga meʼmor boʻlib tayinlandi[4]. U oʻsha yili davlat xizmatini tark etganidan soʻng, Istanbulga qaytib keldi va oʻz faoliyatini mustaqil arxitektor va pudratchi sifatida davom ettirdi. U tomonidan qurilgan binolar orasida Istanbul universiteti Adabiyot va fanlar fakulteti, Istanbul operasining birinchi qismi qurilishi, Anqara universiteti huquq fakulteti, Etibank, samolyot zavodi, Anqara yer osti suvlari, Malatya tamaki fabrikasi va Sağmalcılar qamoqxonasi bor edi.

 
Abdullah Ziya Kozanoğluning qabri.

Talabalik yillarida gazetalarda illyustrator boʻlib ishlagan va romanlarini seriallashtirishga kirishgan Kozanogʻlu 1925-yili Picture Magazineʼda serial holiga keltiril „Kızıl Tuğ“ (Qizil tugʻ) romani 1927-yilda kitob holida chop etildi. Turk adabiyotining ilk tarixiy sarguzasht romani sifatida qabul qilingan bu asarning davomi 1959-yilda Suat Yalaz chizmalari bilan hajviy sifatida nashr etilgan[5]. U yozuvchilik faoliyatini tarixiy sarguzasht romanlari bilan davom ettirdi. U romanlarida Abdullah oʻrniga „Aptullah“ nomini qoʻllagan. U koʻplab rasmlarni oʻzi amalga oshirdi. Shuning uchun u Turkiyadagi birinchi jiddiy komiks mualliflaridan biri sanaladi[6].

Beşiktaş JK

tahrir

Adib 1942—1950-yillarda Beshiktosh gimnastika klubining raisi boʻlgan.

Hamisha teatrga qiziqib kelgan yozuvchi, Istanbul Taksimdagi koʻp qavatli uyning yuqori qavatini teatrga aylantirib, Arena teatrining tashkil etilishiga yordam bergan[2][7].

Mutia Hanim bilan nikohidan 3 nafar farzandi boʻlgan Kozanogʻlu 1966-yil 29-mart kuni Istanbulda vafot etgan boʻlib, Zincirlikuyu qabristoniga dafn qilingan[8][9].

Romanlari

tahrir
  • Kızıltuğ (1927)
  • Seyyid Battal (1929)
  • Boğaç Han (Tahsin Demiray ile birlikte, 1929)
  • Kaniıoğlu Kanturalı (1929)
  • Boz Aygırlı (1929)
  • Kara Çoban (1929)
  • Küçük Korsan (1930)
  • Kurtlar (1935)
  • Küçük Kahraman (1935)
  • Gültekin, Orhun Barkı Kahra¬manı (1936)
  • Küçük Uçman (T. Demiray iie birlikte 1936)
  • Kuduzlar Kraliçesi (T. Demiray ile birlikte, 1938)
  • Kuş Adamın Maceraları (T. Demiray ile birlikte, 1938)
  • Atlı Han (1942)
  • Kozanoğlu (1943)
  • Lâle Devrinde Patronalılar Saltanatı (1943)
  • Malkoçoğlu (1943)
  • Savcı Bey (1944)
  • Kolsuz Kahraman (1945)
  • Battal Gazi (1946)
  • Türk Korsanları (1948)
  • Şeydi Ali Reis (1951)
  • Dağlar Delisi (1952)
  • Fâtih Feneri (1952)
  • Sencivanoğlu (1957)
  • Hilâl ve Salip (1961)
  • Algaya’nm Ölümü (1962)
  • Altın Saçlı Kız (1962)
  • Cengiz Han’ın Hazineleri (1962)
  • Hülâgû’nun Gözdesi (1962)
  • Kız Kulesi Kahra¬manı (1962)
  • Tibet Canavarı (1962)
  • Ağahan’m Yüzüğü (1963)
  • Altın Hançer (1963)
  • Boz kurt’un İntikamı (1963)
  • Kızıl Kadırga (1963
  • Arena Kraliçesi (1964)
  • Sarı Benizli Adam (1964)
  • Kubllay Han’ın Gelini (1965)

Manbalar

tahrir