Abdullaxon
Abdullaxon (XVII asr) – Sharqiy Turkiston xoni (1638 – 70). 1638-yil Yorkend taxtiga oʻtirgan. Abdullaxonning xonlik davri qirgʻiz va qalmoqlarga qarshi urushlar va oʻzaro nizolarni bostirish bilan oʻtgan. Oʻzaro kurash natijasida Abdullaxon yurtini tashlab, Makkaga ketishga majbur boʻlgan. Makkadan qaytishida Hindistonda vafot etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Abdullaxon“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |