Rustambek Samigʻovich Abdullayev (1947.13.12, Toshkent) — musiqashunos, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1997), professor (2001). Samigʻ Abdumayevsh oʻgʻli. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970), shu yerda pedagog (1969-yildan). Sanʼatshunoslik institutida ilmiy xodim (1975-yildan), boʻlim mudiri (1993-yildan), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti prorektori (1985-87), „Boysun bahori“ ochiq folklor festivali direktori (2002). Ilmiy ishlari katta ashula, oʻzbek va Oʻrta Osiyo xalklari musiqa folklori, zamonaviy musiqa madaniyati masalalariga bagʻishlangan („Markaziy Osiyo marosim musiqasi“, T., 1994, rus tilida; „Boysun musiqa madaniyati“, T., 2005 va boshqalar). „Oʻzbek musiqasi tarixi xrestomatiyasi“ (T.Solomonova bilan birgalikda, M., 1981, 1983, rus va oʻzbek tillarida) kabi oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.