Abdulloh ibn Abdulloh ibn Ubay (arab. عبدالله ابن عبدالله ابن أبي) – munofiqlar yetakchisi Abdulloh ibn Ubayning oʻgʻli va Muhammad alayhissalomning sahobalaridan biri. Musulmonlar orasida munofiqlik qilib yurgan otasidan farqli o‘laroq, Abdulloh yaxshi musulmon bo‘lgan[1].

U tarix sahnasida 627 yilda, otasi bilan birga Banu Mustaliq qabilasiga qarshi g‘azotda qatnashgan vaqtida paydo bo‘ladi. Abdulloh otasining fitna qilmoqchi ekani haqida Muhammad alayhissalomga xabar bergan. Shunda Umar Ibn Ubayni o‘ldirishni maslahat bergan. Xabar qilinishicha, Abdulloh bu ishni o‘z ixtiyori bilan qilgan, ammo Muhammad alayhissalom Ibn Ubayning o‘ldirilishiga yo‘l qo‘ymaganlar[2][3].

Manbalar

tahrir