Abdulloh Ibn Husayn (1882, Makka — 1951.20.7, Quddus) — Transiordaniya amiri (1921-46) va qiroli (1946-50), Iordaniya qiroli (1950-yildan). 1916-1918-yillardagi Hijoz qoʻzgʻolonida qatnashgan. 1921-yil ingliz mandatli boshqaruvdagi Transiordaniya muxtor amirligi amiri deb eʼtirof etilgan. Davlatni idora etish organlari, shuningdek, arab legionini tuzgan. 1946-1948-yillarda Falastinning arab qismiga daʼvogarlik qilgan. Iordaniyani 1948-49 yillardagi arab-isroil urushiga jalb qilgan (qarang Arab-Isroil urushi), Iordan daryosining gʻarbiy sohilini zoʻrlik bilan qoʻshib olgan. 1951-yil 20-iyulda Transjordaniya tomonidan anneksiya qilingan Sharqiy Quddusdagi Al -Aqso masjidi ostonasida Falastin terror tashkiloti aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.