Abdulloh ibn Savfon

Abdulloh ibn Savfon tobeʼin

Abdulloh ibn Savfon (arabcha: عبد الله بن صفوان – Abu Safvon Abdulloh ibn Savfon ibn Umayya ibn Xalaf al-Jumahiy al-Qurashiy) – tobeʼin.

Abdulloh ibn Savfon
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 692-yil (hijriy 73-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi tobeʼin

Oilasi

tahrir

Paygʻambar hayotlik chogʻlarida tugʻilgan boʻlsa-da, yoshi kichik boʻlgani uchun sahobalik martabasiga yetisha olmagan. Faqat makkalik tobeʼinlarning birinchi tabaqasidan oʻrin egallagan. Otasi va bobosi kabi u ham qurayshiylarning martabali shaxslaridan hisoblanib, Makkaning boy va nufuzli oilasiga mansub boʻlgan.

Vafoti

tahrir

Saxiyligi va yuksak zakovati bilan tanilgan Abdulloh ibn Savfon xilofat daʼvosida Abdulloh ibn Zubayrning sodiq tarafdorlaridan edi. Ibn Zubayr va boshqalar Kaʼbada qamal qilinganlarida, Hajjoj tomonidan unga berilgan omonlikni qabul qilmaydi. Oxir-oqibat, Ibn Zubayr va bir qancha tarafdorlari bilan birga Abdulloh ibn Savfonning ham boshi kesilib, shahid qilingan. Boshlari avval Madinaga, u yerdan Shomga Abdulmalik ibn Marvonga joʻnatiladi.

Hadislari

tahrir

Otasi Safvon ibn Umayya, Umar, Hafsa, Ummu Salama va Abdulloh ibn Amr kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Hadis kitoblarida Abdulloh ibn Savfondan rivoyat qilingan „Kaʼbaga qarshi urush eʼlon qilgan harbiy jamoaning choʻlda halok boʻlishi“ haqidagi yagona matn borligi aytiladi[1][2].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. – Haydar­obod: 1941-60. V, 118-120;
  2. Al-Buxoriy. At-Tarӣx as-sagʻӣr. – Qohira: 1976-77. I, 142-143, 153, 162, 163;
  3. Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. – Qohira: 1328. II, 333-334;
  4. Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1285-87. III, 185;
  5. Az-Zahabiy. Siyar. IV, 150-151;
  6. Ibn Hajar. Al-Isāba. – Qohira: 1328. III, 60;
  7. Ali Yardim. „Abdullah b. Safvân“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 131.

Manbalar

tahrir
  1. Imom Muslim. „Fitan“ — 4, 6, 7-bet. 
  2. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.