Abdulloh ibn Shaddod

Abdulloh ibn Shaddod muhaddis, tobeʼin

Abdulloh ibn Shaddod (arabcha: عبد الله بن شداد — Abu-l-Valid Abdulloh ibn Shaddod ibn Usoma ibn Amr al-Hodiy,? — 82/701) — muhaddis, tobe’in.

Abu-l-Valid Abdulloh ibn Shaddod ibn Usoma ibn Amr al-Hodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 701-yil (hijriy 82-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, sahoba

Hayoti

tahrir

Eski davr arablarida odat bo‘lganidek, musofir va yo‘lovchilar yorug‘likni ko‘rib kelishlari va ularni mehmon qilish maqsadida kechalari olov yoqqani uchun al-Hodiy ismini olgan. Katta bobosi Amrga nisbat qilinib, Ibn al-Hodiy degan nom bilan ham mashhur bo‘lgan. Onasi Sulmo bint Umays Hamzaning xotini bo‘lib, Hamza Uhudda shahid bo‘lganidan ke­yin Shaddodga turmushga chiqqan. Abdulloh ibn Shaddod otasi Shaddod, Umar, Ali, Muoz ibn Jabal, Ibn Mas’ud, Asmo bint Umays, Oysha, Ummu Salama va boshqa sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Abu Ishoq ash-Shayboniy, Abdulloh ibn Shub­ruma va Hakam ibn Utayba singari allomalar rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Shaddod ishonchli muhaddislardan bo‘lib, rivoyatlari „Kutubi sitta“da keltirilgan.

Vafoti

tahrir

Abdulloh ibn Shaddod Ali uchun jonini ham berishga tayyor tarafdorlaridan bo‘lgani rivoyat qilingan. U Hajjojga qarshi jangda Ibn al-Ash’as tomonida kurashgan, jangda Dujayl daryosiga tushib cho‘kib o‘lgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. V, 61; VI, 126;
  2. At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. IV, 382-383;
  3. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 275-276;
  4. Az-Zahabiy. Siyar. III, 488-489;
  5. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. V, 1314;
  6. Nevzat Aşık. „Abdullah b. Şeddâd“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 136.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.