Abdulloh ibn Ubay

Abdulloh ibn Ubay hadis hofizi, muhaddis

Abdulloh ibn Ubay (arabcha: عبد الله بن أبي — Abdulloh ibn Ubay al-Xorazmiy, taxminan 200/,? — taxminan 290/903,?) — hadis hofizi, muhaddis.

Abdulloh ibn Ubay al-Xorazmiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan hijriy 200-yil)
Vafoti taxminan milodiy 903-yil (hijriy 290-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi, muhaddis

Tavalludi

tahrir

Manbalarda Abdulloh ibn Ubay al-Xo­razmiyning tug‘ilgan sanasi haqida maʼlumotlar mavjud bo‘lmasa-da, olim 90 yoshdan oshiqroq umr ko‘rgani va 290/903-yillar boshlarida hayot bo‘lgani haqida aytilgan. Mazkur maʼlumotdan kelib chiqib, Abdulloh ibn Ubay hijriy 200-yillar atrofida tavallud topganini taxmin qilish mumkin.

Faoliyati

tahrir

Abdulloh ibn Ubay Xorazm qozisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Ilm talabida dunyo kezib, Ahmad ibn Yunus al-Yarbuv’iy, Sulaymon ibn Abdurrahmon ad-Dimashqiy, Sa’id ibn Mansur, Ishoq ibn Rohavayh, Qutayba ibn Sa’id, Ishoq ibn Ibrohim al-Hanzaliy, Ishoq ibn Xotam al-Allof, al-Hasan ibn Quz’a, Xallod ibn Aslam, Abdula’lo ibn Hammod an-Narsiy, Ali ibn al-Husayn ibn Ashkob, Ali ibn Salama al-Labaqiy, Amr ibn Zarora, Abu Komil al-Jahdariy, Muhammad ibn Abu Rajo, Muhammad ibn Ya’la al-Hiraviy, Haryam ibn Abd al-Asdiy, Yahyo ibn Ayyub al-Maqobiriydan hadis eshitgan.

O‘z navbatida, Abdulloh ibn Ubaydan Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Muhammad ibn Ali as-Soniy al-Hassoniy al-Xorazmiy, Abu-l-Abbos ibn Hamdon al-Hiriylar hadis rivoyat qilganlar.

Imom al-Buxoriy u haqida

tahrir

Imom al-Buxoriy Xorazmga borganida Abdulloh ibn Ubayning uyida mehmon bo‘lgan, uning kitoblari bilan tanishgan va undan baʼzi narsalarni yozib olgan. O‘zining „Az-Zu’a­fā al-kabӣr“ kitobida hadislarni sanad bilan ham, taʼliq holatda ham Abdulloh ibn Ubaydan rivoyat qilgan. Imom al-Buxoriy shuningdek, „Al-Jāmi’ as-sahӣh“ asarida: „Bizga Abdulloh, unga Sulaymon ibn Abdurrahmon … hadis aytdi“, deb hadisni zikr qilgan. Zikr qilingan Abdullohdan murod Abdulloh ibn Ubaydir[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Az-Zahabiy. Siyar. „Muassasa ar-risola“. 1985. XIII, 503;
  2. Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. — Bayrut: „Dor kutub al-’ilmiyya“, 1998. II, 168;
  3. Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. „Doira al-maʼorif an-nizomiyya“, 1910. V, 139;
  4. Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 47.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.