Abdulloh ibn Usmon ibn Affon

Abdulloh ibn Usmon ibn Affon Muhammad paygʻambarning nabiralari

Abdulloh ibn Usmon ibn Affon (arabcha: عبد الله بن عثمان بن عفان), (6/627 —?) — Payg‘ambarning nabiralari.

Abdulloh ibn Usmon ibn Affon
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 627-yil (hijriy 6-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi Paygʻambarning nabiralari

Hayoti

tahrir

Payg‘ambarning qizlari Ruqiya va Usmonning o‘g‘li bo‘lgan Abdulloh ibn Usmon ibn Affon, balog‘at yoshiga yetmasidan Payg‘ambarni ko‘rgan musulmonlarning farzandlari ham sahoba hisoblanadi, deydiganlar so‘ziga ko‘ra, sahobalardandir. Otasi Usmon bilan onasi Ruqiya Payg‘ambarning tavsiyalariga ko‘ra, payg‘ambarlikning beshinchi yili, rajab oyida Habashistonga hij­rat qilishgan. Abdulloh ibn Usmon ibn Affonning mana shu safar chog‘ida dunyoga kelgani rivoyat qilinsa-da, bu maʼlumotlar aniq emas.

Vafoti

tahrir

Hijratning to‘rtinchi yili (625—626-yillar) olti yoshda vafot etgani haqidagi maʼlumotga tayaniladigan bo‘lsa, u hijratdan ikki yil oldin tug‘ilgan bo‘lishi kerak. Ismini shaxsan Payg‘ambarning o‘zlari qo‘yganlari rivoyat qilinadi. Otasi Usmon unga nisbat qilinib, Abu Abdulloh kunyasini olgan. Abdulloh ibn Usmon ibn Affon yuzini xo‘roz cho‘qigani sababli yuzi hamda ko‘zi shishib kasal bo‘ladi va shu kasallik tufayli olamdan o‘tadi. Janozasini Payg‘ambar o‘qiganlar, qabrga otasi Usmon qo‘ygan. Baʼzi manbalarda esa, Rasulullohning o‘zlari uni qabrga qo‘yganlari rivoyat qilinadi. Shuningdek, qabr toshini ham Payg‘ambarning o‘zlari o‘rnatganlari va nabiralari o‘limiga ko‘zyosh to‘kkanlari manbalarda aytiladi[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. II, 54; VII, 36;
  2. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 335;
  3. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1970-72. V, 20;
  4. M. Asım Köksal. İslâm Tarihi. — İstanbul: 1981. IV, 133;
  5. Mücteba Uğur. „Abdullah b. Osman b. Affân“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 126.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.