Abdulloh ibn Zayd
Abdulloh ibn Zayd ibn Abdu Rabbih (arabcha: عبد الله بن زيد بن عبد ربه) (580 yil — 644, Madina), Muhammad paygʻambarning mashhur sahobalaridan biri. Tushida Muhammad payg'ambar tomonidan tasdiqlangan azon qoidalari va so'zlarini ko'rgan. Shu sababli unga “Sohib al-azon” (azon asoschisi) laqabi berilgan.
Biografiya
tahrirAbdulloh ibn Zayd Madinaning Xazraj qabilasidan biri boʻlgan. U Aqabada Muhammad payg‘ambarga bay’at qilgan ansorlardan va Madinadagi ilk musulmonlardan biri. Musulmonlar Makkadan Madinaga ko‘chib ketgach, musulmonlarning mushriklar bilan bo‘lgan janglarida va boshqa muhim tarixiy voqealarda qatnashgan. Makka fath qilingan kuni Xazraj qabilasi qo'shinlarining bayroqdori bo'lgan. Abdulloh ibn Zayd xalifa Usmon ibn Affon davrida taxminan 64 yoshida vafot etdi.
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Asir. Usd al-g’oba fiy ma’rifati as-sahoba, - Bayrut: Daru Hazam, 2012.
- Али-заде А. А. Абдулла ибн Зейд // Исламский энциклопедический словарь. — М. : Ансар, 2007. — ISBN 978-5-98443-025-8.