Abdulmalik Iskof – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Mansur Hallojning shogirdi. Sharif Hamza Uqayliy, Abulhasan Tabariy, Piri Fors, Abu Mansur Muhammad bin Ali Ansoriy (Abdulloh Ansoriyning otasi), Abulqosim Hannona bilan suhbatdosh bo‘lgan. Balxda yashagan. Bir yuz yigirma yil umr ko‘rgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhab­bat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.