Abdulmu’iziddin ibn Muhammad Ya’qub
Abdulmu’iziddin ibn Muhammad Yaʼqub (arabcha: عبد المعز الدين بن محمد يعقوب — Abdulmu’iziddin ibn Muhammad Yaʼqub — Toʻliq ismi: Abdulmu’iziddin ibn Muhammad Yaʼqub ibn Muhammad Abdi ibn Usmon ibn Affon) — qozi.
Abdulmu’iziddin ibn Muhammad Ya’qub | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | qozi |
Hayoti
tahrirAbdi Darun Muhammad(s.a.v.)ning (qizlari Ruqiya tomondan) avlodi. Abdi Berunning oʻgʻli. Laqabi „Xojai Ganj-ravon“. Qabri Samarqand shahri ichida boʻlgani uchun, dafn etilgan joy shunday atalgan. Abdi Darun Samarqand qozisi boʻlib, nihoyatda adolatli, toʻgʻriligi bilan shuhrat qozongan. Xoja Abdi Darun maqbarasi Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (XII asr — XV asrning 1-yarmi). Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida (darun — ichkari) joylashgan qadimiy ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino — xonaqoh (XV asr) bor. Uning peshtoqi, gumbazi va devor bezaklari Ulugʻbek davri meʼmorchiligi mahsuli ekanligidan darak beradi. Xonaqoh ichida Abdi Darunning qabri bor. Xoja Abdi Darunni „Xojai Kunj“ deb ham ataganlar. Abdi Darunning qabri atrofida turli binolar paydo boʻlib, meʼmoriy ziyoratgohga aylangan. Ziyoratxona — jamoatxona masjid vazifasini oʻtagan. Taʼmirlash natijasida maqbara binosining dastlabki qiyofasi oʻzgarib ketgan. Hovli oʻrtasidagi sarhovuz chashmabuloq ustida boʻlgani uchun ham uning suvi qishin-yozin bir xilda saqlangan, aholi orasida shifobaxsh hisoblangan. Hovli atrofidagi hujralar va gʻarb tomondagi jome masjid XIX asrga oid.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 15.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |