Abdulmuluk Qoʻrchi – Boburning xos aʼyonlaridan biri, diplomat va elchi. 1525-yilning boshida Bobur tomonidan Sulton Sa’idxon huzuriga elchi qilib joʻnatilgan. Bobur Hindistonni fath etish maqsadida Kobuldan chiqib, Dehi Ya’qub daryosi boʻyiga tushganida Abdulmuluk Koshgʻardan Sulton Saʼidxon va Koshgʻardagi Boburga yaqin ayollar yozgan xat va sovgʻa-salomlarni olib kelgan. Boburiylar bilan Safaviylar oʻrtasida diplomatik va savdo munosabatlarini yoʻlga qoʻyishda katta xizmat qilgan. 1528-yil Safaviylar nomidan Hindistonga elchi boʻlib kelgan Hasan Chalabiyni oʻz yurtiga kuzatib borish va Boburiylar nomidan Safaviylar poytaxtida elchilik qilish vazifasi ham Abdulmuluk Qoʻrchi zimmasiga yuklatilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. – Toshkent: „Sharq“, 2014.